Britaniyaning YouGov bozor tadqiqoti va ma’lumotlar tahlili kompaniyasi tamaki çekuvçilar qança vaqtini çekişga sarflaşini hisoblab çiqdi, deb xabar beradi Bild.

Qayd etilişiça, tamaki çekişga bir haftada örtaça 2 soatdan ortiq vaqt ketadi va bu bir yilda 92 soatga yetadi (ta’til va bayramlar qöşib hisoblanganda).

Şunday qilib, çekuvçilar har yili qöşimça «2,5 hafta ta’til» oladi. Respondentlarning 69 foizi iş kuni davomida çekiş uçun tanaffus qilmaydi. Sörovda iştirok etganlarning yarmidan köpi bunday tanaffuslar iş tartibida nazarda tutilgan tuşlik yoki dam oliş vaqtlari doirasi amalga oşirilmasligini tan olgan.

Şu bilan birga, çekuvçilarning aksariyati özlarining çekmaydigan hamkasblari ular qöşimça tanaffus olişlaridan ğazablanmasliklarini ma’lum qilgan. Har beş nafar çekuvçining faqat bittasi bu borada salbiy qaraşlarga duç kelişini bildirgan.

Avvalroq Miçigan universiteti olimlari har qanday yoşda ham tamaki çekişdan voz keçiş inson soğliği uçun foydali va umrni uzaytirişini aniqlagan edi. Tamaki tutuni tarkibida minglab zaharli moddalar mavjud bölib, u tananing deyarli barça organlariga zarar yetkazadi va saratonning köplab turlarini, insult, yurak va öpka kasalliklarini keltirib çiqaradi.