27 oktyabr kungi Oliy Majlis Qonunçilik palatasi va xalq deputatlari kengaşlari deputatlari saylovida röyxatga olingan 19 million 944 mingdan ortiq saylovçidan 15 million 27 ming 529 nafari (74,72 foizi) ovoz berdi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxöjayev Toşkentda ötkazilgan brifingda e’lon qildi.

Qonunçilik palatasi uçun Yagona saylov okrugi böyiça Özbekiston liberal-demokratik partiyasi 34,75 foiz ovoz töplab (26 ta mandat) birinçi, «Milliy tiklaniş» partiyasi 18,82 foiz bilan ikkinçi (14 mandat) böldi.

Keyingi örinlar Xalq demokratik partiyasi (17,11 foiz, 13 ta örin), «Adolat» partiyasi (16,20 foiz, 12 ta) va Ekologiya partiyasi (13,12 foiz, 10 ta örin) örtasida taqsimlangan.

Bir mandatli saylov okrugi böyiça esa ÖzLiDeP 38 ta, «Milliy tiklaniş» 15 ta, «Adolat» 9 ta, XDP 7 ta, Ekopartiya esa 6 ta öringa ega bölgan.

Partiyalarning Qonunçilik palatasidagi mandatlarining umumiy soni quyidagiça böldi:

  • ÖzLiDeP – 64 ta;
  • «Milliy tiklaniş» – 29 ta;
  • «Adolat» – 21 ta;
  • XDP – 20;
  • Ekopartiya – 16 ta.