Yil boşidan buyon qariyb 694 ming tuğiliş qayd etilgan bölib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 3,2 foizga pasaygan (birinçi uç oyda bu farq 4,3 foiz edi).

Yaqin tariximizda 2016 hamda 2017 yillarda ham tuğiliş mos ravişda 1,3 foizga va 1,4 foizga pasaygan edi. Bundan taşqari, 2011 (-1 foiz), 2010 (-3,3 foiz), 2005 (-1,3 foiz) hamda 2003 (-4,6 foiz) yillarda ham tuğilişning pasayişi qayd etilgan.

Mustaqillikdan yangi asrgaça bölgan iqtisodiy qiyinçilik va tiklaniş davrida esa tuğilişning pasayişi odatiy holga aylanib qolgandi. 1992-2000 yillarda faqatgina 1995 yilda tuğiliş 3,2 foiz ösgan bölsa, qolgan barça yillarda tuğilişning çuqur pasayişi kuzatilgan.

Xöş, joriy yilda kuzatilayotgan pasayiş yaqin tariximizdagi kuzatilgani kabi bir yillik pasayişmi yoki uzoq davom etuvçi demografik muammolarning boşlanişimi?

Bu savolga aniq javob topiş qiyin, lekin menimça hozirgi pasayiş çuqur muammolarni ifoda etmaydi. Hozirgi pasayişning asosiy sababi esa 1992-2001 yillardagi tuğilişning pasayişi hisoblanadi. Öşa yillarda tuğilişlar soni qariyb 30 foizga pasaygan. Masalan, mustaqillikning ilk yillarida 700 mingdan köproq bola tuğilgan bölsa, yangi asrga kelib bu körsatkiç 500 minggaça pasaygan.

Hozirga kelib mustaqillikning ilk davrida tuğilgan insonlar farzand köriş davridan ötmoqda va ayni çuqur pasayiş davrida tuğilganlar mamlakatdagi tuğilişlar sonida asosiy rol öynay boşlagan. Bu esa tabiiy ravişda tuğilişning kamayişiga olib kelayotgan bölişi mumkin.

Masalan, hozirgi tuğiliş darajasi va 27 yil oldingi (erkaklar uçun örtaça turmuş köriş yoşi) tuğiliş darajasi örtasidagi boğliqlik (korrelatsiya) 0,46 foiz atrofida. Bu hozirgi tuğilişlar soni 27 yil oldingi tuğilişlar soniga sezilarli darajada boğliqligini körsatadi.

Bu tendensiyani sönggi yillarda nikohlar sonining pasayiş tendensiyasidan ham köriş mumkin. Xususan, nikohlar soni 2024 yilning 9 oyida 2,8 foizga, 2023 yilda 4,3 foizga hamda 2022 yilda 2,8 foizga pasaygan. Bu holat birinçidan, nikoh yoşining biroz kötarilayotgani bilan izohlansa, ikkinçidan, mustaqillikdan yangi asrgaça bölgan davrda tuğilişlar sonining doimiy pasayiş tendensiyasi ta’siri körina boşlagani bilan izohlanişi mumkin.

Şuningdek, aholi orasida nisbatan kamroq farzand köriş haqidagi qarorlar ham hozirgi pasayişga ta’sir qilayotgan bölişi mumkin. Lekin har bir onaga tuğiş darajasi (fertility rate) sönggi yillarda ösiş tendensiyasini namoyon qilmoqda. Xususan, bu körsatkiç 2017 yilda 2,4 ni taşkil etgan bölsa, 2022 yilga kelib 3,3 ga yetgan. Ya’ni odamlar köproq farzand körişga qaror qilmoqda.