Davlat komissiyasining tegişli bayoni bilan 2024/2025 öquv yili uçun oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qöşimça qabulga ruxsat berildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, qabul jarayonida talab darajasidagi xorijiy til sertifikatiga ega bölib, qabul kvotasi doirasida talabalikka tavsiya etilmagan talabgorlarni oliy ta’lim muassasalari tomonidan belgilanadigan bazaviy tölov-kontrakt miqdorining 2 baravaridan ortiq bölmagan miqdordagi tölov-kontrakt asosida qabul qilişga ruxsat berilgan.
Qöşimça qabul asosida öqiş istagini bildirgan talabgorlar bevosita oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga murojaat etişi mumkin.












