Şimoliy Koreya qöşinlarining Rossiyaga jönatilişi «uruşning jiddiy kuçayişi va global tinçlikka tahdiddir». Bu haqda 28 oktyabr, duşanba kuni Yevrokomissiya (YeK) raisi Ursula fon der Lyayyen X ijtimoiy tarmoğida yozdi. Uning sözlariga köra, «Yevropa va Şarqiy Osiyo xavfsizligi özaro boğliqdir».
YeK rahbari ta’kidlaganidek, u Koreya Respublikasi prezidenti Yun Sek Yolga Yevropa Ittifoqi hamfikr hamkorlari bilan birga sodir bölgan voqealarga javob berişini ma’lum qildi.
Amerika davlati rahbari ham harbiylarning yuborilişiga munosabat bildirdi. AQŞ prezidenti Jo Bayden Uilmingtonda (Delaver ştati) jurnalistlar bilan suhbatda buni «juda xavfli» deb atadi, deya xabar beradi AFP.
YeI KXDRni RFning Ukrainaga qarşi uruşida iştirok etmaslik haqida ogohlantirdi
Yevropa Ittifoqi KXDR Rossiyaning Ukrainaga qarşi davom etayotgan uruşida qatnaşiş uçun harbiy xizmatçilarni jönatayotgani haqidagi xabarlarning ortişidan çuqur xavotirda. Agar bunday ma’lumotlar tasdiqlansa, bu Yevropa va global tinçlik va xavfsizlik uçun jiddiy oqibatlarga olib keladigan bir tomonlama duşmanlik harakati sifatida qabul qilinadi, deyiladi Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Jozep Borrel nomidan berilgan bayonotda. U 24 oktyabr kuni Yevropa Ittifoqi taşqi siyosat xizmati rasmiy saytida çop etilgan.
Şimoliy Koreyaning uruşdagi iştiroki «xalqaro huquqni, jumladan, BMT Nizomining eng fundamental tamoyillarini jiddiy buziş böladi», deb ta’kidlaydi Yevropa Ittifoqi taşqi siyosat xizmati rahbari. Bundan taşqari, YeI Moskva va Pxenyan örtasidagi harbiy hamkorlikning çuqurlaşişini, xususan, «BMT Xavfsizlik Kengaşining köplab rezolyutsiyalarini qöpol ravişda buzayotgan» qurol-yaroğ yetkazib berilişini keskin qoralaydi.
Şu munosabat bilan Yevropa Ittifoqi Şimoliy Koreyani Rossiyaning noqonuniy harbiy harakatlarini qöllab-quvvatlaşni töxtatişga çaqirdi, şuningdek, öz harakatlarini, jumladan, javob çoralarini xalqaro hamkorlar bilan muvofiqlaştirişini körsatdi.












