Amerikaning Reddit ijtimoiy tarmoği 20 yil içida birinçi marta foyda körganini e’lon qildi, deb xabar beradi The Verge.
Kompaniya uçinçi çorak hisobotida 29,9 million dollar foyda va 384,4 million dollar daromad körganini ma’lum qildi — bu 2023 yil bilan taqqoslaganda 68 foizga köp.
Birinçi foydaning kelişiga ijtimoiy tarmoq auditoriyasining keskin oşgani sabab bölgan. Reddit’ning kunlik foydalanuvçilari soni 2023 yil bilan taqqoslaganda 47 foizga oşib, qariyb 100 million kişiga yaqinlaşmoqda.
Reddit platformasi birjaga çiqqanida, bozordagi birinçi çorakning özida 575 million dollar yöqotgan, ammo ötgan çorakda yöqotişlarni 10 million dollargaça qisqartirgan va bu safar foyda bilan çiqqan.
Reddit’ning reklama daromadi 315,1 million dollarga yetgan, qolgan daromadlari esa 33,2 million dollarni taşkil etmoqda.
Reddit boş direktori Stiv Xaffman aksiyadorlarga yöllagan maktubida foydalanuvçilar sonining ösişini sun’iy intellektga asoslangan funksiyaga ötilgani bilan izohlagan. Reddit ötgan yili foydalanuvçilariga postlarini fransuz tiliga tarjima qilişlariga ruxsat bergan, keyin esa bu boradagi imkoniyatlarini ispan, portugal, italyan va nemis tillariga qadar kengaytirgan.












