Bir paytlar Yevropa böylab keng tarqalgan va yaqin vaqtgaça Qizil röyxatda «eng kam taşvişlanarli» turlar qatoriga kirgan tipratikan endi Xalqaro tabiatni muhofaza qiliş ittifoqi (IUCN) tomonidan «yöqolib ketiş arafasidagi tur» röyxatiga kiritildi.

The Guardian xabariga köra, sönggi ön yil içida ularning tabiiy yaşaş hududlarida tipratikanlar soni kamida 30 foizga kamaygan.

Qayd qilinişiça, şaharsozlik, intensiv dehqonçilik va yöl qurilişi tufayli tipratikanlar tur sifatida yöq bölib ketiş yoqasiga borib qolgan. Ularning köpçiligi maşina ğildiraklari ostida halok bölmoqda. Bundan taşqari, jonivorlar pestitsidlar ta’siri ostida kamayib bormoqda — bevosita (zararlangan ösimliklarni iste’mol qiliş) va bilvosita (zaharlangan haşarotlarni iste’mol qiliş).

«Ğarbiy Yevropada tipratikan populyatsiyasining kamayişini töxtatiş uçun hali ham imkoniyat bor va biz maqomning yanada pasayişining oldini olişga harakat qilişimiz kerak», dedi IUCN dasturi xodimi Ebi Gazzard.

Uning sözlariga köra, aholi kirpilarga yordam berişi mumkin, masalan, tipratikanlarning harakatiga tösqinlik qilmaydigan past tösiqlar örnatiş, pestitsidlardan foydalanişni töxtatiş, yoğoçdan boşpana yaratiş va uyçalar quriş orqali.

Britaniya sutemizuvçilarni himoya qiliş jamiyatining jamoatçilik bilan aloqalar böyiça mutaxassisi Xoup Notelferning ta’kidlaşiça, tipratikanlarning Qizil kitobga kiritilişi aholi uçun ajablanarli bölmaydi. Çunki bu hayvonlar uzoq bolalikdagi xotiraga aylangan. Köpçilik odamlar tipratikanlarni ançadan beri uçratmay qöygan.