11 ming şimoliy koreyalik harbiy xizmatçi Rossiya Federatsiyasi tomonida Ukrainaga qarşi uruşda qatnaşiş uçun Rossiyaning Kursk oblastiga yetib keldi. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 4 noyabr, duşanba kuni keçki videomurojaatida mamlakat Mudofaa vazirligi razvedka boş boşqarmasi va Taşqi razvedka xizmati xabarlariga tayanib ma’lum qildi. «Şimoliy koreyaliklar soni ortganini köryapmiz, ammo şeriklarimiz munosabati oşganini körmayapmiz», — deya şikoyat qildi Ukraina rahbari.
Qöşma Ştatlar, şuningdek, Ukraina bilan çegaradoş Rossiya hududidagi Şimoliy Koreya kuçlari soniga öz bahosini berdi. Vaşington ma’lumotlariga köra, Kursk oblastida KXDRning 10 mingga yaqin harbiy xizmatçisi bor, dedi AQŞ Davlat departamenti matbuot kotibi Metyu Miller. 31 oktyabrda Vaşington sakkiz ming kişi haqida gapirgan edi.
RF va KXDR TIV rahbarlari Moskvada «strategik maslahatlaşuvlar» ötkazadi
Şimoliy Koreya taşqi işlar vaziri Çoy Song Xi Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov bilan strategik maslahatlaşuvlar ötkaziş uçun rasmiy taşrif bilan Moskvaga keladi. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova brifingda ma’lum qildi.
«Iyun oyida Pxenyanda bölib ötgan Rossiya-Koreya sammitida erişilgan kelişuvga muvofiq, KXDR taşqi işlar vaziri Çoy Song Xi rasmiy taşrif bilan Moskvaga keladi. U Rossiya Federatsiyasi taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov bilan strategik maslahatlaşuvlar ötkazadi», — dedi diplomat.
Uning sözlariga köra, taşrif tafsilotlari va sanalari haqida qöşimça ma’lumot beriladi.













