Rossiya parlamentining yuqori palatasi – Federatsiyalar kengaşi 6 noyabr, çorşanba kuni Rossiya Federatsiyasi va KXDR örtasida har tomonlama strategik şeriklik töğrisidagi şartnomani ratifikatsiya qiliş haqidagi qonunni ma’qulladi. Hujjat 19 iyun kuni Pxenyanda imzolangan.

Şartnomada boşqa narsalar qatorida qurolli tajovuz sodir bölgan taqdirda bir-biriga harbiy yordam körsatiş közda tutilgan. «Agar tomonlardan biri biron-bir davlat yoki bir neça davlat tomonidan qurolli hujumga uçrasa va uruş holatiga tuşib qolsa, ikkinçi tomon BMT Nizomining 51-moddasi hamda öz qonunçiligiga muvofiq zudlik bilan harbiy va boşqa yordam körsatadi», deyiladi hujjatda.

Bitim «adolatli köp qutbli yangi dunyo tartibi»ni örnatiş va ikki davlat mudofaa qobiliyatini mustahkamlaş maqsadida birgalikdagi faoliyat mexanizmlarini yaratiş böyiça hamkorlikka oid qoidalarni öz içiga oladi.

Rossiya va Şimoliy Koreyaning boşqa sohalardagi hamkorligi

Rossiya va Şimoliy Koreya, şuningdek, xavfsizlik, iqtisodiyot, savdo, sarmoya, fan-texnika, qişloq xöjaligi, ta’lim, soğliqni saqlaş, sport, madaniyat, turizm, atrof-muhitni muhofaza qiliş, tabiiy ofatlarning oldini oliş va oqibatlarini bartaraf etiş kabi sohalarda hamkorlik qilişga kelişib oldi.

Bundan taşqari, Rossiya va KXDR mintaqalararo va transçegaraviy hamkorlikni rivojlantirişni qöllab-quvvatlaydi, qonun çiqaruvçi, ijro etuvçi va huquqni muhofaza qiluvçi organlar örtasidagi aloqalarni çuqurlaştiradi, xalqaro terrorizm hamda boşqa çaqiriq va tahdidlarga qarşi kuraşda hamkorlik qiladi.

Rossiya va KXDR örtasidagi strategik şeriklik töğrisidagi bitim Ğarb va NATO davlatlarida çuqur xavotir va salbiy munosabatga sabab böldi. Rossiyaning Seuldagi elçisi Janubiy Koreya Taşqi işlar vazirligiga çaqirildi.