Germaniya hukumati mamlakatni qöporuvçilik, teraktlar va tabiiy ofatlarga qarşi yaxşiroq tayyorlaş niyatida. Muhim infratuzilmalar xavfsizligini yaxşilaşga qaratilgan qonun loyihasi 6 noyabr kuni Vazirlar mahkamasi tomonidan qabul qilindi.
«Biz Germaniyani yanada barqaror va inqirozlardan himoyalangan davlatga aylantiramiz. Şuning uçun biz oldingiga qaraganda inqiroz va falokatlarga yaxşiroq tayyorlangan bölişimiz kerak», — deydi içki işlar vaziri Nensi Fezer.
Qonun loyihasi aholini ta’minlaş va iqtisodiyotni qöllab-quvvatlaş uçun qaysi infratuzilma obektlari zarurligini belgilaydi. U energetika, transport, moliya va soğliqni saqlaş kabi 11 ta sektorni öz içiga oladi. Uşbu obektlarning operatorlari uçun qanday xavfsizlik çoralari qabul qilinişi kerakligi belgilanadi.
Şu bilan birga, barça ehtimoliy havflarni — tabiiy ofatlardan tortib, qöporuvçilik, terrorçilik hujumlari va inson xatolarini hisobga olişni talab qiladigan yondaşuv qöllanadi. Mazkur talablar bajarilmasa yoki davlat normalariga rioya etilmasa 50 mingdan 500 ming yevrogaça jarima qöllanadi.
«Rossiyaning Yevropadagi tajovuzi, qöporuvçilik va teraktlar bizning xavfsizligimizga tahdid solmoqda. Iqlim özgarişi tufayli biz yoğingarçilik va suv toşqinlari kabi tabiiy ofatlarga tez-tez duç kelyapmiz. Şu bois muhim infratuzilmalar himoyasi — şifoxonalardan tortib, elektr va suv ta’minotlari tizimlarigaça — birinçi darajali ahamiyatga ega», — deydi Fezer.












