2024 yilning 8 noyabr kuni soat 10:43 larda Mirzo Uluğbek tumani Yangi Özbekiston köçasida Tracker-2 rusumli transport vositasida yonğin kelib çiqqan.
Toşkent şahar IIBB YHXB xabariga köra, yonğin tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Yonğin natijasida tan jarohat olganlar bölmagan.
Mazkur hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan suriştiruv olib borilib, yonğin yuzaga kelişining sabablariga aniqlik kiritilmoqda.
Barça haydovçilardan boşqaruvidagi transport vositasining texnik sozligiga e’tiborli böliş söralgan.








