Yangi Özbekiston köçasidagi loyihalarni amalga oşiriş uçun Toşkent şahri hokimligi tomonidan 81,5 milliard söm ajratilmoqda. 4 iyun kuni poytaxt hokimi Şavkat Umurzoqovning bu boradagi tegişli qarori qabul qilindi.
Qarorga köra, moliyalaştiriş Özbekiston prezidentining 2022 yil 30 iyundagi Yangi Özbekiston köçasining yöl böyi infratuzilmasini rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisidagi qarori doirasida amalga oşiriladi.
Mablağlar şaharni rivojlantiriş jamğarmasi hisobidan Yangi Özbekiston köçasi böylab zaxira yer fondiga ötkazilgan yer uçastkalari uçun mulkdorlar va fermer xöjaliklariga kompensatsiya tölaş, piyodalar va velosiped yölaklari quriş, sayilgohlar va favvoralar taşkil etiş, obodonlaştiriş işlarini amalga oşiriş uçun ajratiladi.
Mablağlar «Yangi Özbekiston köçasi» biznes markazi quriliş-foydalaniş direksiyasi hisobraqamiga ötkaziladi. Toşkent şahar hokimining birinçi örinbosari ajratilgan mablağ ijrosi böyiça xalq deputatlari Toşkent şahar kengaşiga hisobot kiritadi.
Öz navbatida «Yangi Özbekiston köçasi işbilarmonlik markazini quriş va ekspluatatsiya qiliş direksiyasi» DUK ajratilgan mablağni örnatilgan tartibda maqsadli sarflanişini ta’minlaydi.
Eslatib ötamiz, Şavkat Mirziyoyev 2022 yil aprelida Yangi Özbekiston köçasi loyihasini ma’qullagan edi. U yerda umumiy maydoni 610 gektar bölgan hududda tört xil dizaynga ega tört qavatli binolar, mehmonxonalar, kinoteatrlar, restoranlardan iborat zamonaviy majmualar quriş rejalaştirilgan.








