Çeçenistonning muxolifatçi 1ADAT Telegram-kanali mualliflari Abubakar va Ibrohim Yangulboyevlarning onasi, 55 yoşli Zarema Musayevaga nisbatan yangi jinoiy iş oçildi. Bu «koloniya faoliyatining tartibsizligi»ga taalluqli, deya xabar berdi «Komanda protiv pytok» inson huquqlari loyihasi Telegramʼdagi kanalida 11 noyabr, duşanba kuni Musayevaning advokati Aleksandr Savinga tayanib.

«Musayeva jamiyatdan izolyatsiyani ta’minlovçi muassasalar faoliyatini tartibsizlikka solişda gumon qilinmoqda (Jinoyat kodeksining 321-moddasi 2-qismi). Ayol uşbu modda böyiça beş yilga ozodlikdan mahrum etilişi mumkin», deyiladi postda. Aytilişiça, advokat iş materiallari bilan hali tanişmagan.

Huquq himoyaçilarining eslatişiça, oktyabr oyining oxirida Zarema Musayevani u jazoni ötayotgan Argun şahridagi manzil-koloniyaga kelgan tergovçi tergov qilgan. Abubakar va Ibrohim Yangulboyevlarning onasi göyoki kasalxonaga safariga har kuni hamroh bölgan FSIN xodimiga hujum qilgani uçun söroq qilinganini aytdi. «Zarema bu ayblovlarni rad etdi va xavfsizlik xodimiga jismonan hujum qilolmasligini aytdi», — deya ta’kidlaydi «Komanda protiv pytok».

Zarema Musayeva insulinga boğliq 2-toifa qandli diabetdan aziyat çekadi. Huquq himoyaçilarining ta’kidlaşiça, u hatto hassa yordamida ham qiyinçilik bilan harakatlanyapti. Sentyabr oyi oxirida «Komanda protiv pytok» qondagi şakar miqdori kritik darajaga kötarilgani tufayli ayolning soğliği jiddiy yomonlaşgani haqida xabar berdi.