Mirziyoyevning arab-islom sammitida qilgan çiqişi, havo ifloslanişiga qarşi çoralar, Dubay va Kuvaytda işlaş imkoni, Saudiyadan 2,5 mlrd investitsiya — kun davomida Kun.uz’da yoritilgan Özbekiston yangiliklari bilan taniştiramiz.
Havo ifloslanişiga qarşi çoralar
Toşkent havosini ifloslantirişi mumkin bölgan barça obektlar nazoratga olindi, deb xabar bermoqda şahar hokimligi.
Mahallalar uyuşmasining Toşkent şahar boşqarmasi boşliği Furqat Mahmudxöjayev yunusobodliklar issiqxonalarda turli narsalar yoqilayotganidan aziyat çekayotganini aytib, jamoatçilikni amaliy yeçim topilmagunça töxtamaslikka çaqirdi.
“Odamlar issiqxonalarda turli narsalarni yoqişyapti, ekologiya buzilyapti. Eng muhimi, odamlarning salomatligiga juda negativ ta’sir qilyapti”, – degan u.
Toşkent şahar hokimligi Mahmudxöjayevning murojaatiga munosabat bildirdi.
“Korxonalarning isitiş uskunalarida tegişli energiya manbalaridan, xususan, qattiq yoqilğidan foydalanişini tekşiriş maqsadida işçi guruh tomonidan ekologik reyd ötkazilmoqda.
Aniqlangan qoidabuzarliklar böyiça, mavjud vaziyatni özgartiriş uçun qat’iy çoralar körilmoqda”, – deyiladi hokimlik bayonotida.
Bayonotda ta’kidlaniiça, kömir qozonlaridan foydalanayotgan obektlarda kulning oğir va yengil zarraçalarini uşlab qoluvçi filtrlarni örnatiş majburiy deb belgilangan. Öziga xos hid va havo rangini özgartiradigan boşqa materiallardan, masalan, şinalar yoki yoqilği moyidan foydalanadigan korxonalarga mavjud uskunalarni filtrlar örnatilgan holda kömirga almaştiriş talabi qöyilgan.
Aks holda, bunday korxonalar oğir ekologik vaziyat yuzaga kelgan yillarda öz faoliyatini vaqtinça töxtatib turişga majbur böladi.
Dubay va Kuvaytda işlaş imkoni
Özbekiston va BAA örtasida haydovçilik guvohnomalari özaro tan olinişi töğrisidagi bitim 2023 yilda imzolangan.
Özbekistonning elçixonasi rahbariyati Dubay rekruting biznes guruhi boş kotibi, DULSCO Group rekruting kompaniyasining biznesni rivojlantiriş böyiça direktori Mahdi Muhammad bilan uçraşuv ötkazdi.
Dubay rekruting biznes guruhi boş kotibi Özbekiston bozoriga qiziqiş mavjudligini va mamlakat fuqarolarini BAAda iş bilan ta’minlaş böyiça hamkorlikka tayyorligini bildirdi.
Şuningdek, Kuvaytdagi turli kompaniyalar, restoranlar va mehmonxonalardagi mavjud böş iş örinlariga Özbekiston fuqarolarini işga jalb qiliş masalalari muhokama qilindi.
Özbekiston elçixonasi rahbariyati, Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi vakili hamda Kuvaytning HIREO Placement Consulting Co. kompaniyasi ta’sisçisi va ijroçi direktori Muhsin al-Jadaan örtasida onlayn uçraşuv taşkil etildi.
Kuvayt tomoni Özbekiston rahbariyati tomonidan qonuniy migratsiyani taşkil qiliş böyiça körilayotgan çora-tadbirlar, qabul qilinayotgan dasturlar, şuningdek, xorijga işlaş uçun yuboriladigan fuqarolarga qöyiladigan talablar, ularni til biliş darajasi va kasbiy könikmalarni egallaşi uçun yaratilgan şaroitlar bilan taniştirildi.
Saudiyadan 2,5 mlrd dollarlik investitsiya
Prezident Şavkat Mirziyoyev Ar-Riyod şahriga amaliy taşrif doirasida Saudiya Arabistoni investitsiyalar vaziri Xolid al-Falihni qabul qildi.
Uçraşuvda amaliy hamkorlikni yanada kengaytiriş, eng avvalo, Özbekistonda ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi.
Özbekiston va Saudiya Arabistoni örtasidagi köp qirrali hamkorlik jadal rivojlanmoqda. Özaro tovar ayirboşlaş hajmi, kooperatsiya kölami va aviaqatnovlar soni ortib bormoqda. 2024 yil yakuni bilan Özbekistonga Saudiya Arabistoni kompaniyalarining qariyb 2,5 mlrd dollarlik investitsiyalari jalb etilişi kutilmoqda.
“Yaşil” energetika, soğliqni saqlaş, transport infratuzilmasini modernizatsiya qiliş, issiqlik va suv ta’minoti, qişloq va uy-joy kommunal xöjaligi kabi sohalarda istiqbolli loyihalarni ilgari suriş muhimligi ta’kidlandi.
Oktyabrda avtomobillar narxida tuşiş
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari tomonidan oktyabr oyidagi avtomobil narxlari tahlil qilindi.
2024 yilning oktyabr oyida ikkilamçi avtomobil bozorida Lacetti, Damas, Labo narxlari pasayişda davom etdi. Spark’ning örtaça narxi bir oz kötarilgan bölsa, Cobalt va Nexia narxlarida deyarli özgariş kuzatilmadi.
Oktyabr oyida mahalliy lyuks avtomobillaridan Equinox narxlari sezilarli özgargan bölsa, Malibu va Tracker narxlari deyarli özgarmadi.
Prezident Yaqin Şarqdagi mojaro haqida
Saudiyada Arab ligasi va Islom hamkorlik taşkilotining qöşma sammitida çiqiş qilgan Şavkat Mirziyoyev Yaqin Şarqdagi mojaroga tez fursatda yeçim topilişi muhimligini ta’kidladi.
Prezident Falastin-Isroil muammosini tinçlik va diplomatiya yöli bilan hal etişga qaratilgan barça amaliy taşabbuslarni töliq qöllab-quvvatladi.
Harbiy harakatlarni zudlik bilan töxtatiş, xavfsiz gumanitar yölaklarni ta’minlaş va tinçlik muzokaralarini boşlaş masalalari BMT va Xavfsizlik Kengaşining doimiy e’tibor markazida turişi zarurligi qayd etildi.
Qadimiy va boy tarixga ega Falastin xalqi 1967 yildagi çegaralar doirasida, poytaxti Şarqiy Quddus bölgan mustaqil va ozod davlatini tuzişga töla haqli ekani ta’kidlandi.
Falastin va Livan hududidagi humanitar inqirozning oldini oliş maqsadida yetakçi davlatlar va xalqaro taşkilotlar tomonidan, şu jumladan BMTning Maxsus agentligi doirasida yordam kölamini kengaytiriş taklif etildi.
Davlat rahbari uruşda jabrlangan falastinlik bolalar va ayollarni Özbekiston şifoxonalarida beğaraz davolaşga tayyor ekanini ta’kidladi.
Falastin xalqiga amaliy yordam körsatiş masalalarini kelgusi yili Samarqandda ötadigan «Körfaz arab davlatlari – Markaziy Osiyo» sammitida ham muhokama qiliş niyati bildirildi.










