Jahon bankining Özbekiston atrof-muhiti böyiça global direktori Valeri Hikey qöşma hamkorlik va COP29 global iqlim konferensiyasi doirasida taqdim etilgan mamlakat Milliy pavilyoni haqidagi taassurotlari bilan örtoqlaşdi.
«Afsuski, Özbekistonda Markaziy Osiyoning eng muhim xavflaridan biri – Orol dengizining qurişi bilan boğliq muammo mavjud. Özbekiston bu borada prezident Şavkat Mirziyoyev va vazir Aziz Abduhakimov boşçiligida vaziyatni özgartirişga qaratilgan çora-tadbirlar körmoqda.
Jahon banki Özbekiston bilan hamkorlik qilişdan va öz tajribasini boşqa mamlakatlar bilan örtoqlaşişdan mamnun.
Aytişim kerakki, bu yerda juda köp pavilyonlar bor, lekin Özbekiston pavilyoni nafaqat estetik nuqtayi nazardan, balki ekologik nuqtayi nazardan ham juda gözaldir. Çunki bu pavilyon an’anaviy quriliş uslublari qançalik aql bovar qilmas va bardoşli ekanini körsatadi», deydi Jahon banki vakili.
Eslatib ötamiz, joriy yil fevral oyida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vaziri Aziz Abduhakimov Valeri Hikey bilan uçraşib, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni yaratiş va çiqindilar bilan boğliq bir qator dolzarb masalalarni muhokama qilgan edi.











