Anjuman Slovakiya Taşqi va Yevropa işlari vazirligi hamda "Eksimbank" tomonidan taşkil etilgan Markaziy Osiyo davlatlari biznes-forumi doirasida bölib ötdi. Unda Markaziy Osiyo davlatlarining Slovakiyadagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari, mahalliy vazirlik va kompaniyalar, ommaviy axborot vositalari vakillari qatnaşdi.
Özbekiston-Slovakiya iqtisodiy munosabatlarini rivojlantiriş maqsadida slovak kompaniyalariga kimyo, maşinasozlik, quriliş, infrastruktura va boşqa sohalarda yangi qöşma loyihalarni amalga oşiriş taklifi bildirildi. Mamlakatning savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va turizm imkoniyatlariga bağişlangan videoroliklar iştirokçilar e’tiboriga taqdim etildi.
Yakunda bank-moliya, avtomobil yöllari qurilişi, aviatsiya, poligrafiya va soğliqni saqlaş sohalarida qöşma loyihalarni amalga oşiriş böyiça aniq kelişuvlarga erişildi.












