Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov temiryöl va aviatsiya sohalarini tanqid qildi. Bu haqda u Jarqörğon tumanida ötkazilgan yiğilişda aytib ötgan.
“Toşkentga borgunça kasal böladi...”
Hokim tumanlararo yönalişlarda harakatlanadigan poyezdlarda yölovçilar uçun munosib şaroitlar yaratiş, Sariosiyo aeroporti va tumanlardagi temiryöl vokzallarining kutiş zallarini tartibga keltiriş böyiça topşiriqlar bergan.
“Surxondaryo aholisini Toşkent bilan boğlovçi M-39 yölini hamma yaxşi bilib turibdi. Taksistlarimiz, avtobusçilar dodlab yuboryapti. Yuziga qaraşga közimiz qolmadi.
Temiryölda umuman şaroit yöq. Vagonga mingan odam Toşkentga borgunça kasal bölib qolyapti. Na sovutiş tizimi işlaydi, na şaroit bor, na bilet bor... Sariosiyoga qatnaydigan şaharlararo poyezdlarda odam taşib bölmaydi. Transport prokurori – tomoşabin. Ey, oğayni, mansabdor odam obröni mehnat bilan oladi. Umuman şaroit yöq. Qanday odam taşiyapsan uning içida?” – degan viloyat hokimi.
“Umuman şarmanda”
Uluğbek Qosimov aviaçiptalar narxiga ham töxtalgan.
“Aviabiletlarimiz umuman şarmanda: narxi ikki baravar bölib ketgan. Monopoliya degan taşkilot tomoşabin. Bilet narxiga qarab bölmaydi, qanday borsin kambağal odam? Taniş-bilişsiz bilet topib bölmaydi”, degan u.
“Içida nafas olib bölmaydi”
Viloyat hokimi monopoliyaga qarşi organ (Raqobat qömitasi) çiptalar narxini töliq tahlil qilib çiqişi kerakligini aytgan.
“Kompaniya odamlarga neça pul ustama qöyib ötiribdi? Ey, odamlarimizga rahmat-ey, indamay minib ketib boryapti: student, qari odamlar... Nafas olib bölmaydi uning içida. “SES” degan taşkiloti bormi özining? Qayerga qaraydi ular? Keskin çora körasizlar.
Heç kim bepul taşiyotgani yöq. Bepul ketyaptimi biror odam? Pulgami? Bilet sotib olyaptimi? Xizmat qiliş kerak unga. Qaysi çet davlatga borsang, men xizmat körsatyapman, deb qöli köksida çiroyli gapirib olib çiqib qöyadi vagonga. Bu yerda xömrayib... Kelasanmi, ketasanmi, kimsan degan savolga javob yöq.
Monopoliya töliq örganib çiqib, bu biletlarni ham joy-joyiga tuşirsin. Odamlarga onlayn şaffof e’lon qiliş kerak. Ikkita kassir xohlagan işini qilişi, tanişi bor bilet olişi kerak emas. 10 sömlik biletni 25 sömga sotyapti aldab, sun’iy tösiqlar bilan”, deya ta’kidlagan Qosimov.












