Parlament oldidagi vakolatlarini topşirgan hukumat, qayta Senat raisi etib saylangan Tanzila Norboyeva, senatorlarga işonç bildirgan prezident va partiyalarning ma’qullangan taşabbuslari — kun davomida Kun.uz’da yoritilgan Özbekiston yangiliklari bilan taniştiramiz.

Hukumat parlament oldidagi vakolatlarini topşirdi

Boş vazir imzolagan qaror bilan, Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan Oliy Majlis oldidagi vakolatlarini zimmasidan soqit qildi. Faoliyati töxtab qolmasligi uçun yangi tarkibdagi hukumat şakllantirilguniga qadar amaldagisi işlaşda davom etadi.

Özbekistonda 27 oktyabr kuni ötkazilgan parlament saylovlariga muvofiq, Oliy Majlis palatalari yangi tarkibda şakllantirildi.

Şu munosabat bilan, joriy yilning 19 noyabr kuni Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan amaldagi Hukumat yangi saylangan Oliy Majlis oldida vakolatlarini zimmasidan soqit qildi.

Boş vazir matbuot xizmatining ma’lum qilişiça, Özbekiston Respublikasi Prezidentining tegişli farmoniga asosan, amaldagi Vazirlar Mahkamasi Hukumat faoliyatida uzviylik va uzluksizlikni ta’minlaş maqsadida yangi tarkibdagi Vazirlar Mahkamasi şakllantirilguniga qadar öz faoliyatini davom ettirib turadi.

Tanzila Norboyeva yana Senat raisi

Oliy Majlis Senatining yangi çaqiriqdagi ilk majlisida Senat raisi va uning örinbosarlarini saylaş töğrisidagi taşkiliy masala körib çiqildi.

Konstitutsiyaning 101-moddasiga muvofiq, prezident Şavkat Mirziyoyev Senat raisi lavozimiga senator Tanzila Norboyeva nomzodini taqdim etdi.

Tanzila Norboyeva davlat va jamoat boşqaruvida boy tajribaga ega ekani, ötgan davrda şu lavozimdagi samarali faoliyati natijasida mamlakatimizda xotin-qizlar, bolalar huquqlarini ta’minlaş va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça vaziyat sezilarli yaxşilangani ta’kidlandi.

Şuningdek, Senat raisining birinçi örinbosari lavozimiga senator Sodiq Safoyev, Senat raisining örinbosari lavozimiga senator Amanbay Orinbayev nomzodlari tavsiya etildi.

Körsatilgan nomzodlar senatorlar tomonidan saylandi. Şavkat Mirziyoyev ularni tabriklab, kelgusi faoliyatiga yutuq va muvaffaqiyatlar tiladi.

Tanzila Norboyeva Özbekiston Senatining ilk ayol raisi hisoblanadi. U 2019 yil 21 iyunda bu lavozimni egallagan va 2020 yil yanvar oyida qayta saylangan edi.

Prezident senatorlarning faol bölişiga işonç bildirdi

Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 19 noyabr kuni Oliy Majlis Senatining yangi çaqiriqdagi ilk yalpi majlisida iştirok etdi. Davlat rahbari yuqori palata a’zosi etib saylanganlarni tabrikladi.

Mirziyoyevga köra, senatorlarning har 3 nafaridan biri ilmiy darajaga ega. Qariyb 27 foizi yoki 16 nafari – xotin-qizlar.

Bölib ötgan saylovlar “mahalliy kengaşlar faoliyatida ham yangi davrni boşlab bermoqda”, dedi prezident.

Mahalliy kengaşlar tarkibi qariyb 60 foizga yangilanib, 3 mingdan ortiq özbekistonlik ilk bor deputat bölgan. Kengaşlarda ayol deputatlar uluşi 32 foizga yetgan, 30 yoşgaça bölgan deputatlar soni 3,5 karra oşgan.

Konstitutsiya yangilanişi bilan, Senat tarkibi ixçamlaşib, uning a’zolari soni 100 nafardan 65 nafarga qisqardi. Ayni vaqtda senatorlarning vakolatlari va mas’uliyati bir neça barobar oşdi. Xususan, yuqori palataning parlament nazorati va bir qator muhim davlat organlarini şakllantirişdagi iştiroki sezilarli ravişda kengaytirildi.

Prezident yangi saylangan senatorlarimiz endi jarayonlarda faol bölişiga işonç bildirdi.

Prezident partiyalarning jöyali takliflarini ma’qulladi

Prezident yangilangan parlament quyi palatasining ilk majlisida partiyalar saylov kampaniyasi davomida ilgari surgan va xalq qöllab-quvvatlagan har bir taklif albatta körib çiqilişi va amalga oşirilişini ta’kidlagan.

«Adolat» sotsial-demokratik partiyasining istirohat boğlari, sayilgoh, xiyobonlarni xususiylaştirişni taqiqlaş böyiça pozitsiyasi, dorilar ustidan nazoratni kuçaytiriş, narxlar sun’iy oşişining oldini oliş, retsepsiz dorilar röyxatini qisqartiriş böyiça intilişlarini ma’qulladi.

Özbekiston Liberal-demokratik partiyasining xususiy mulk daxlsizligini kuçaytiriş, tadbirkorlik muhitini yaxşilaş haqidagi takliflari qöllab-quvvatlandi.

«Milliy tiklaniş» demokratik partiyasining maktablarda muallimlarni tanlov asosida işga qabul qiliş, bolalarga ona tili va çet tillarni örgatiş uçun yanada keng şaroitlar yaratişga oid takliflariga qöşildi.

Xalq-demokratik partiyasining nogironligi bölgan şaxslar uçun şaroitlarni yanada yaxşilaş, aholining pensiyaga çiqişdagi kafolatli huquqlarini yanada mustahkamlaş böyiça taşabbuslarini qöllab-quvvatladi.

Ekologik partiyaning davlat organlari va korxonalar hududida yaşil boğlar taşkil etiş, ekologik madaniyatni yuksaltiriş böyiça dastur qabul qiliş haqidagi takliflari qöllab-quvvatlandi.