Tesla’ning Berlin yaqinidagi zavodi kengaytirilişiga qarşi norozilik bildirayotgan faollar daraxtlardagi boşpanalaridan yerga tuşişdan boş tortmoqda. Bu haqda mahalliy politsiyaga tayanib Spiegel xabar berdi.

Huquq-tartibot organlari 20 noyabrdan ularni daraxtdan olib tuşişga tayyorgarlik köradi. «Politsiyaning Tesla zavodi kengaytirilişiga qarşi norozilik aksiyasi iştirokçilarini daraxtlardan olib tuşiş operatsiyasi bugun yarim kunga qadar qayta tiklanadi. Ayrim faollar hamon daraxt şoxlarida ötirib, öz lagerlari hududini tark etişdan boş tortmoqda», — deyiladi xabarda.

Avvaliga faollar lager hududining bir qismini faqat vaqtinça tark etişlari kerak edi. Bunga mazkur hududdagi eski portlovçi snaryadlar bor yoki yöqligini aniqlaş böyiça tekşiruvlar ötkazilişi sabab qilib körsatilgan. Ammo Gryunxayde rasmiylari çorşanba kuni «jamoat xavfsizligiga rioya qilmaslik va tartibni buziş» bahonasi bilan örmonga kirişni butunlay taqiqlab qöydi.

Ekofaollar Tesla zavodini kengaytiriş uçun 100 gektardan ortiq örmon maydonidagi daraxtlarning kesilişiga qarşilik bildirmoqda. Fevral oyida ular Berlin atrofida lager qurib, daraxtlarga çodirlar tikkan. Kuni keça politsiya lagerlarni buzib taşlaşni boşladi. Faollarning katta qismi huquq-tartibot organlari xodimlari paydo bölişi bilan öz xohişiga köra örmonni tark etgan, ammo ularning ayrimlari daraxtlardan tuşişni istamagan.

Tesla Gryunxaydedagi zavodida elektromobillar işlab çiqarişni yiliga yarim milliondan 1 millionga yetkaziş niyatida. Ammo hozirga qadar 300 minglik körsatkiçga erişilgan xolos. Amerikalik milliarder Ilon Maskning kompaniyasi 2022 yil martdan beri Gryunxaydeda elektromobil işlab çiqarmoqda, u yerda 12 mingga yaqin xodim faoliyat yuritadi.

Ekologik va mahalliy aholi Tesla’ning rejalaridan xavotirda, çunki Gryunxaydedagi zavod qisman qöriqxona hududida joylaşgan. Kompaniya yana yirik zavod binosini qurib, mavjud quvvatlarini optimallaştiriş niyatida.