AQŞning Kiyevdagi elçixonasi 20 noyabr, çorşanba kuni ehtimoliy «kuçli havo hujumi» haqida ogohlantirdi. Bayonotda ehtimoliy hujum haqida «aniq ma’lumot» olingani va ehtiyot çorasi sifatida elçixona yopilişi aytilgan. AQŞ fuqarolariga havo hujumi sodir bölgan taqdirda darhol boşpana izlaşga tayyorgarlik köriş tavsiya etildi. Kreml AQŞ elçixonasi xabariga izoh berişdan boş tortdi.

Amerika diplomatik missiyasi ortidan Ispaniya, Italiya va Gretsiya elçixonalari xavfsizlikka ehtimoliy tahdidlar tufayli öz faoliyatini töxtatdi. Ukrainada yaşovçi ispan fuqarolariga elektron poçta orqali mahalliy hokimiyatlarning barça körsatmalariga rioya qiliş va boşpana yaqinida böliş tavsiya qilindi.

Kiyevda qöşimça blokpostlar örnatildi

Ayni paytda Kiyevda qöşimça blokpostlar, çeklovçi belgilar va tösiqlar örnatildi. Kiyev şahar harbiy ma’muriyati poytaxtda şahar mudofaasini ta’minlovçi barça tuzilmalarning malakasi, özaro hamkorligi va jangovar samaradorligi darajasini oşiriş maqsadida xavfsizlik böyiça maşğulotlar ötkazilişini tuşuntirdi.

Bunday maşğulotlar tizimli ravişda ötkaziladi va ularga Kiyev mudofaa kuçlari va vositalari guruhlari, şahar harbiy ma’muriyati, patrul, milliy politsiya va boşqa tarkibiy bölinmalar jalb qilingan, dedi ma’muriyat rahbari Sergey Popko. Uşbu öquv maşğulotlarining asosiy maqsadi boşqaruv tizimini takomillaştiriş, taşkil etiş, jamoat xavfsizligini ta’minlaş böyiça samarali hamkorlik qiliş (vaziyat keskinlaşganda) va tinç aholini himoya qiliş böyiça muayyan çora-tadbirlardan iborat, dedi Popko.

Lavrov: RF hududiga ATACMS zarbasi - eskalatsiya haqida signal

Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina qurolli kuçlarining Bryansk oblastiga ATACMS raketalari bilan uyuştirgan hujumini Ğarb Ukrainadagi uruş «eskalatsiyasini» istaşi signali deb atadi. Amerikaliklar iştirokisiz bunday zarbalarni amalga oşirib bölmasdi, dedi u 19 noyabr kuni Braziliyada bölib ötgan G20 sammitidagi matbuot anjumanida. Uning sözlarini Rossiya axborot agentliklari keltirmoqda.

Şu bilan birga, Lavrov Kiyev AQŞdan Rossiyaga çuqur zarbalar yöllaş uçun ruxsat olganmi yoki yöqmi, buni tasdiqlay olmadi, çunki bu boradagi barça ma’lumotlar faqat OAVdan olingan. Taşqi işlar vaziri Vaşingtonning qarori rasman tasdiqlansa, Moskva «tegişli» munosabat bildirişga va’da berdi. U, şuningdek, Germaniya kansleri Olaf Şolsning Ukrainaga TAURUS raketalarini yetkazib berişdan boş tortgani munosabati bilan tutgan pozitsiyasini «mas’uliyatli» deb atadi.