Googleʼning Gemini çatboti endi foydalanuvçining qiziqişlari, işi va nimani ma’qul körişiga oid şaxsiy ma’lumotlarini ham eslab qoladi. Hozirça uşbu funksiyani faqat Gemini Advanced foydalanuvçilari işlata oladi.
Qayd etilişiça, uşbu funksiya foydalanuvçi va çatbot örtasidagi muloqot kontekstini kengaytiriş uçun yordam beradi. Obunaçilar har oy 20 dollar tölov evaziga mazkur yangilikdan foydalanişlari mumkin.
Funksiyani öçirib qöyiş ham mumkin, ammo foydalanuvçi ularni öçirib taşlamagunça «xotiralar» saqlanib qoladi. Google uşbu ma’lumotlar sun’iy intellektni takomillaştirişda foydalanilmasligini yoki uçinçi tomonga berilmasligini ma’lum qilgan.
Gemini’ning yangi funksiyasi, masalan, foydalanuvçining sevimli taomini eslab qolsa, eng yaqin restoranlarni qidiriş söroviga javob berganda, çatbot suhbatdoşning istaklariga mos variantlarni topişga harakat qiladi.
OpenAI kompaniyasi aprel oyida ChatGPT Plus obunaçilari uçun şunga öxşaş funksiyani taqdim etgandi. Keyinroq xavfsizlik böyiça mutaxassislar çatbotdagi nuqsonni aniqlab, bu jinoyatçilarga yolğon ma’lumotlarni saqlaş imkonini berayotganini ma’lum qilgan edi.
Google kompaniyasi Gemini neyrotarmoğini 2023 yil dekabrda işga tuşirgandi. Kompaniya uni sun’iy intellektning eng kuçli va samarali modeli deb atagan. Gemini uçta komponentni öz içiga oladi: Ultra (eng katta va eng funksional), Pro (keng kölamli vazifalar uçun) va Nano (aniq vazifalar va mobil qurilmalar uçun). Ularning barçasi rasmlar, audio va videolarni qöllab-quvvatlaydi.








