18 noyabr kuni Baxmal tumanida Cobalt piyodalar yölagidan ötayotgan 4 va 13 yoşli opa-singilni urib ketdi. Qizaloqlar voqea joyidayoq jon berişdi. Guvohlarning aytişiça, haydovçi mast holda boşqa bir avtomobil bilan poyga öynagan. Hodisa vaqtida uning tezligi soatiga 130 km çamasida bölgani aytilmoqda. Qizaloqlarning otasi ham 4 yil muqaddam avtohalokatdan vafot etgan edi.

Holat 18 noyabr kuni soat 19:30 atrofida Ösmat şaharçasida, “Ğallaorol-Baxmal-Supa-Zomin” yölining 29-kilometrida sodir bölgan. Kun.uz muxbiri voqea joyida böldi.

Ma’lum bölişiça, şu tumanda yaşovçi 33 yoşli erkak Cobalt maşinasini Ösmat yönalişi böyiça boşqarib kelayotib, yölning belgilangan joyidan kesib ötayotgan piyodalar – 4 va 13 yoşli qizlarni urib yuborgan hamda hodisa joyidan yaşiringan. Opa-singil turli tan jarohatlari olib vafot etgan.

Internetda tarqalgan videoda qizlarning yonida yana bir bola bölganini, u maşina yuqori tezlikda kelayotganini payqab, oldinga harakatlangan holda Cobalt urib ketişidan omon qolganini köriş mumkin.

Kun.uz ayançli YTH oqibatida dunyodan köz yumganlarning xonadonida ham bölib, marhumalarning yaqinlari va guvohlar bilan suhbatlaşdi.

“Toğamning bolalari edi. Bular oilada uç farzand, eng kiçigi qizaloq. Dökonga bordik. Men içkariga kirmay, taşqarida qoldim, qaytayotganda esa ularga yetolmay qoldim. Ikki singlim bilan ukam yölning örtasiga ötib ketişdi. Ukam maşinani körib qolib, qoçişga ulgurgan.

Maşina öta yuqori tezlikda kelayotgandi. Közimni oçib-yumgunimça singillarimni maşina urib ketdi. Katta singlim ariqqa tuşdi, kiçigi dökon tomonga uçib ketdi. Katta singlimni ariq içidan çiqarib olişga harakat qildim, kuçim yetmadi. Keyin kiçkinasining oldiga bordim, u hali nafas olayotgandi”, deydi marhumalarning qarindoşi.

Marhumalarning xolasiga köra, YTHga mast holatdagi haydovçining yuqori tezlikda harakatlangani sabab bölgan.

“Kuyovim 2020 yil şunday avtohalokatda vafot etgan. Ikki qizi, bir öğli qolgandi. Singlim endi mana tört yil deganda könikib, bolalari uçun yaşayotgandi, ularni peşona terisi bilan boqib kelayotgandi.

Xöjayiniga rosa qiynaldi, uni yöqotib, endi bolalariga ovinib yaşab yurgandi. Mana endi bu voqea böldi. Yölda 50 tezlikda yuriş kerak bölgan belgilar bor. Eşitişimizça, soatiga 130 tezlikda haydab, Cobalt va Jiguli poyga öynagan. Şu yerda qizlar “peşexod”dan ötayotgan bölgan. Tezlikda kelib urib, yana töxtamay qoçib ketgan. Töxtab yordam qilganda ölmasmidi. Kiçigi şifoxonaga olib borgunça tirik bölgan. Şifoxonaga ham keç olib borişgan, bu yerda köp qolib ketgan.