Germaniya hukumati Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu Xalqaro jinoiy sud (XJS) tomonidan çiqarilgan order asosida mamlakatda hibsga olinadigan vaziyatni hozirça tasavvur qila olmaydi. Bu haqda 22 noyabr, juma kuni Germaniya hukumatining rasmiy vakili Şteffen Hebeştrayt ma’lum qildi.
Bundan taşqari, Hebeştraytning aniqlik kiritişiça, Netanyahu hibsga olinişi masalasi faqat u Germaniyaga kelgan taqdirdagina paydo böladi. «Ayni paytda, nemis tarixi tufayli biz Isroil oldidagi noyob munosabatlarga va katta mas’uliyatga egamiz», dedi u hibsga oliş orderi bilan boğliq huquqiy masalalarga oydinlik kiritişga va’da berib. Reuters agentligining qayd etişiça, hukumat vakili Netanyahu Germaniyada kutilgan mehmon böladimi, degan savolga javob bermagan.
Öz navbatida Germaniya taşqi işlar vaziri Annalena Berbok Berlin «bu (Netanyahuning hibsga oliş orderi) Germaniya uçun aynan nimani anglatişini örganayotganini» aytdi.
Bayden XJSning Netanyahuni hibsga olişga order berişiga munosabat bildirdi
Xalqaro jinoiy sud Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu va mamlakatning sobiq mudofaa vaziri Yoav Galantni hibsga olişga order bergani «ğazablanarli». Bu haqda 21 noyabr kuni AQŞ prezidenti Jo Bayden bayonot berdi.
«Xalqaro jinoiy sudning Isroil rahbarlariga nisbatan hibsga oliş uçun order bergani ğoyat ğayritabiiydir. Yana bir bor aniq aytib ötaman: XJS nima demasin, Isroil va Hamas örtasida tenglik yöq. Biz tahdidlarga qarşi doimo Isroil bilan birga bölamiz, uning xavfsizligi uçun işlaymiz», deyiladi Oq uy matbuot xizmati tomonidan e’lon qilingan hujjatda.
Avvalroq AQŞ Milliy xavfsizlik kengaşi AQŞ «(XJS) prokurorining hibsga olişga order berişdagi şoşqaloqligi va bu qarorga olib kelgan muammoli protsessual xatolardan qattiq xavotirda ekani» haqida bayonot tarqatgan edi.
Isroil ham, AQŞ ham XJS yurisdiksiyasini tan olmaydi. Sudning öz «politsiyasi» bölmagani uçun Rim statutiga a’zo bölgan 124 davlat uning qarorlari ijrosi uçun mas’uldir, deya eslatadi AFP.
Ayni paytda, Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Jozep Borrel Binyamin Netanyahu va Yoav Galantning XJS orderlariga muvofiq hibsga olinişi majburiy qaror ekanini aytdi. «Bu siyosiy qaror emas va sud qarori hurmat qilinişi va amalga oşirilişi kerak», dedi Borrel 21 noyabr kuni Iordaniyadagi matbuot anjumanida jurnalistlarning izoh beriş söroviga javoban.












