Toşkent şahrida uy-joyga investitsiyalar daromadliligi tuşib bormoqda. Xususan, 2024 yil fevralda poytaxtda köp qavatli uy-joyga investitsiyalarning daromadliligi örtaça 32,4 foizni taşkil qilgan bölsa, oktyabrda uşbu körsatkiç 12,2 foizgaça tuşdi. Uşbu körsatkiç uy-joy joylaşgan hudud va xonalar sonidan kelib çiqib, bir biridan sezilarli darajada farqlanadi:

1 xonali: Mirzo Uluğbek – 2,3 foiz (fevralda – 25,7 foiz), Şayxontohur – 17 foiz (50 foiz);
2 xonali: Sergeli – 7,4 foiz (19,4 foiz), Şayxontohur – 17,2 foiz (59 foiz);
3 xonali: Bektemir – 3,2 foiz (33,7 foiz), Yunusobod – 13,7 foiz (48,7foiz);
4 xonali: Bektemir – 2 foiz (37,9 foiz), Yunusobod – 17 foiz (39,8 foiz).

Uy-joyning investitsion daromadliligi uy-joy narxlari yillik özgarişidan olinadigan daromad hamda ularni ijaraga berişdan keladigan yillik daromad yiğindisi asosida hisoblangan.

2024 yil fevralda poytaxtda uy-joy va ijara narxlari nisbatan yuqori bölgan hudud — Şayxontohur tumanida uy-joy narxlari kötarilişi hisobiga körilişi mumkin bölgan foyda örtaça 35,8 foizni taşkil etgan bölsa, oktyabr oyida uşbu körsatkiç 5,5 foizgaça tuşdi. Şuningdek, oktyabrda uy-joy narxlari özgarişidan olinadigan örtaça daromad Mirobod (23,2 foizdan 1,9 foizga) va Yakkasaroy (16,1 foizdan 3,5 foizga) tumanlarida sezilarli darajada pasaygan.

Mirzo Uluğbek va Uçtepa tumanlarida uy-joy narxlarining ösişdan deyarli töxtaşi yoki bir oz arzonlaşişi natijasida oktabr oyida mazkur hududlarda uy-joy narxlari özgarişidan olinadigan örtaça daromadlilik mos ravişda -2,6 foiz va -2,4 foizni taşkil etgan (fevral oyida 24,6 foiz va 15 foiz). 

2024 yil oktyabrda uy-joylar ijarasidan olinadigan yillik örtaça daromad Şayxontohur tumanida 10 foiz (fevralda 11,6 foiz), Mirobod tumanida 9,8 foiz (10,4 foiz), Yakkasaroy tumanida 9,5 foizni (10,5 foiz) taşkil etgan. Uşbu körsatkiç ijara narxlari nisbatan arzonroq bölgan tumanlar — Sergelida 9,3 foiz (8,4 foiz), Uçtepada 9,7 foiz (8,6 foiz), Çilonzorda 9,3 foiz (9,3 foiz) va Olmazorda 9,1 foizni (9,4 foiz) taşkil etgan. Uşbu raqamlar ijaradan keladigan örtaça daromad ösişi sekinlaşganidan dalolat beradi.

Daromadlilik darajasi böyiça 1 va 2 xonali xonadonlarning investitsion jozibadorligi yuqori hisoblanadi. 2024 yil fevral oyida 1 va 2 xonali xonadonlarga yönaltirilgan investitsiyalar daromadliligi mos ravişda 35,6 foiz va 30,8 foizni taşkil etgan bölsa, oktyabr oyida uşbu körsatkiçlar 16,7 foiz va 12,2 foizga tuşdi. Mazkur davrda 3 va 4 xonali xonadonlar uçun ham daromadlilik körsatkiçi sezilarli darajada tuşgan (mos ravişda 10,1 foiz (fevralda 33 foiz) va 9,9 foiz (30,3 foiz).