Yangi Zelandiya Soğliqni saqlaş vazirligi mamlakatda kökyötal epidemiyasini e’lon qildi. Idora ma’lumotlariga köra, oxirgi bir oyda bu turdagi kasallik 260 dan ortiq odamda aniqlangan.
«Bir neça hafta davomida butun mamlakat böylab kasallaniş holatlari uzluksiz oşib bordi, hozir u umummilliy epidemiya e’lon qiliş mumkin bölgan darajada yetdi», — deyiladi bayonotda.
Soğliqni saqlaş vazirligi mutaxassislarining ma’lumotlariga köra, kökyötalga asosan maori va Tinç okeani xalqlari orasida yangi tuğilgan çaqaloqlar çalinmoqda.
Kökyötal nafas yölining juda xavfli bakterial infeksiyasi hisoblanib, uning qözğatuvçisi Bordetella pertussis bakteriyasidir. Infeksiyaga yöliqqan kişi yötalişi yoki aksa urişi oqibatida havoga mikrob tarqaladi va şu yaqin atrofda nafas olgan odam zararlanadi.
Hozirgi kunda uşbu xastalikni birinçi navbatda vaksinatsiyaning töliq davridan ötmagan çaqaloqlar hamda immuniteti zaif bölgan ösmir va kattalar boşdan ötkazişadi. Olimlarning ta’kidlaşiça, emlaşning amal qiliş muddati — taxminan 4-14 yil. Qança köp vaqt ötsa, kasallaniş ehtimoli ham yuqorilaşib boradi.
Kökyötaldan asosan yoşga yetmagan çaqaloqlar nobud böladi. Şuning uçun homilador ayollar va çaqaloq yaqinida böladigan kişilarning kasallikdan emlangan bölişi juda katta ahamiyatga ega.













