«Vagner» xususiy harbiy kompaniyasining kamida olti nafar rossiyalik yollanma askarlari Mali markazida «Al-Qoida»ga aloqador guruh tomonidan uyuştirilgan hujum oqibatida halok böldi. «JNIM qisqartmasi bilan tanilgan guruh payşanba kuni Mopti mintaqasida «Vagner» guruhi uçun işlagan yollanma askarlar karvoniga pistirma uyuştirganini, jangçilarni öldirganini va ularning maşinalarini portlatib yuborganini ma’lum qildi», — deyiladi 23 noyabr, şanba kuni AR xabarida.

Hujumning özi 21 noyabr kuni sodir bölgan. Bu haqdagi ma’lumotni AR bilan suhbatda Mali xavfsizlik xizmatlaridagi manba tasdiqladi. Uning sözlariga köra, «vagnerçilar» nazorat-ötkaziş punktida bölganlarida hujumga uçragan. Avvalroq Reuters agentligi Site Intelligence Group monitoring guruhiga tayanib, hujum natijasida «Vagner» XHKning kamida yetti nafar yollanma askari halok bölgani haqida xabar bergan edi. Agentlik haqiqiyligini tasdiqlay olmagan videoda maşina yonida yotgan harbiy kiyimdagi beş kişining jasadi aks etgan.

Iyulda Malidagi isyonçilar 84 nafar «vagnerçi»ni yöq qildi

Avgust oyi boşida AFP agentligi 25 iyuldan 27 iyulga qadar Tinzauaten aholi punkti yaqinidagi janglarda «Vagner» XHKning 84 nafar jangçisi va Mali hukumati armiyasining 47 nafar askari halok bölganini xabar qilgan edi. 29 iyul kuni «Razgruzka Vagnera» Telegram-kanalida rus XHK Mali şimolida, Jazoir bilan çegara yaqinida «Azavad muvofiqlaştiriş harakati» va «Saheldagi Al-Qoida» jangarilari bilan olib borilgan janglarda yöqotişlarga uçraganini tasdiqlovçi ma’lumotni e’lon qildi. Bu 22 iyuldan 27 iyulgaça bölgan davrda Tinzauaten aholi punkti yaqinida sodir bölgan. «Rossiya yollanma askarlari va Mali askarlari qoçib ketişdi. Boşqalar taslim bölişdi», dedi bölginçi qurolli guruhlarning CSP-DPA alyansi vakili Muhammad Elmauloud Ramadan AFP'ga.