Avstriyaning OMV neft, gaz va kimyo kompaniyasida josuslikda gumon qilingani foş qilinganidan bir neça kun ötib, Vena hukumati gumon qilinayotgan top-menejer bilan uçraşgan rossiyalik diplomatni persona non grata deb e’lon qildi. 30 sentabr, seşanba kuni Avstriya Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi APA axborot agentligi söroviga javoban: «U allaqaçon Avstriyani tark etgan», dedi.
Kurier naşri ta’kidlaşiça, diplomat Avstriya Taşqi işlar vazirligi qarori kuçga kirişidan bir kun avval, 24 sentabr kuni Avstriyani tark etgan. Rossiya elçixonasi avvalroq öz xodimining diplomatik daxlsizligidan voz keçişdan boş tortgan va şu tariqa Avstriya rasmiylariga uni tekşirişga ruxsat bergan edi.
Moskva bunga javoban avstriyalik diplomatni çiqarib yuborişga va’da berdi. «Biz an’anaviy tarzda barça bunday qadamlarga javob beramiz. Avstriya tomoniga qarşi çoralar allaqaçon e’lon qilingan. Tez orada xuddi şunday darajadagi avstriyalik diplomat Rossiyani tark etadi», — deya ma’lum qildi TASS agentligiga Rossiya TIV.








