Kiyev Ukrainaning Donetsk oblastida RF qöşinlari tomonidan sodir etilgan uruş qoidalarining navbatdagi buzilişini tekşirmoqda. Gap rossiyalik harbiylar tomonidan Pokrovsk yönalişida beş nafar ukrainalik harbiy asirning qatl etilişi ehtimoli haqida bormoqda, deb xabar qildi Ukraina Boş prokuraturasi 26 noyabr, seşanba kuni özining Telegram-kanalida.
Idora ma’lumotlariga köra, hodisa noyabr oyida, Rossiya qöşinlari Petrovka qişloği yaqinidagi Ukraina Qurolli kuçlari pozitsiyalariga bostirib kirgan bir vaqtda yuz bergan. Aholi punkti Pokrovsk yönalişida joylaşgan bölib, u yerda Rossiya Federatsiyasi kuzda ma’lum muvaffaqiyatlarga erişdi.
«Hujum natijasida Ukraina Qurolli kuçlarining beş nafar askari çekinişga va xususiy uyga yaşirinişga majbur böldi, rus harbiylari ukrainalik himoyaçilarni qurolsiz qoldirib, yerga yotişga majbur qilgan. Ular xalqaro gumanitar qonunlarni buzgan holda ukrainalik asirlarni avtomat qurollardan öqqa tutdi», — deyiladi Ukraina Boş prokuraturasi bayonotida.
Ukraina BMT va Qizil Xoçga harbiy asirlar qatl etilişi haqidagi ma’lumotni topşirdi
Oliy radaning inson huquqlari böyiça vakili Dmitriy Lubinets BMT va Xalqaro Qizil Xoç qömitasiga Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi paytida Rossiya kuçlari tomonidan sodir etilgan navbatdagi harbiy jinoyatni qayd etişni sörab xat yöllaganini aytdi.
«Yana bir bor ta’kidlaymanki, harbiy asirlarni öldiriş Jyeneva konvensiyalarini qöpol ravişda buziş va oğir xalqaro jinoyat sifatida tasniflanadi», — dedi ombudsman. U xalqaro hamjamiyatni voqeaga zudlik bilan javob berişga çaqirdi.
YeI: Rossiyada ukrainalik harbiy asirlarni qatl etiş holatlari köpaydi
Rossiyada ukrainalik harbiy asirlarni qatl qiliş holatlari köpaydi: uruş boşlanganidan beri kamida 177 kişi Rossiya asirligida halok bölgan. Bu haqda 16 oktyabr kuni Yevropa taşqi aloqalar xizmati (EEAS) ma’lum qildi.
Uning manbalariga köra, 10 oktyabr kuni Kursk oblastida töqqiz nafar ukrainalik harbiy asir rus qöşinlari tomonidan otib öldirilgan.
Bungaça, 1 oktyabr kuni Ukrainaning Rossiya nazoratidagi Donetsk oblastida 16 nafar harbiy asir taslim bölganidan keyin rus qöşinlari tomonidan qatl etilgan edi, deya qöşimça qildi EEAS.













