Fan-texnika | 17:00
1856
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Toshkentda HAVAL avtomobil brendining dilerlik konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

2024 yil 22 noyabr kuni Toshkentda HAVAL avtomobil brendi dilerlik konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda brendning rasmiy shaxslari va butun mamlakat bo‘ylab faoliyat yuritayotgan dilerlik markazlari vakillari ishtirok etdi.

Foto: HAVAL

HAVAL ADM-ASTER avtomobil brendining birinchi rasmiy dilerlik markazi Toshkent shahri Olmazor tumanida ochilgandi va bu O‘zbekistonda HAVAL brendining muvaffaqiyatli kengayishiga zamin yaratdi. Bugungi kunda dilerlik tarmog‘i Toshkent, Andijon, Samarqand, Termiz, Buxoro, Navoiy, Namangan va Farg‘ona kabi shaharlarda 10 ga yaqin markazlarni o‘z ichiga olib, mamlakat hududlari aholisiga zamonaviy avtomobillar xarid qilish imkoniyati va yuqori sifatli xizmat ko‘rsatilishini ta’minlaydi.

Dilerlik markazlari faoliyatining dastlabki uch oyi (2023 yil oktyabr-dekabr oylari) davomida 169 dona krossover sotilgan. 2024 yil 1 noyabr holatiga ko‘ra, umumiy sotilgan avtomobillar soni 2393 tani tashkil etmoqda va bu o‘zbekistonliklarning brendga bo‘lgan talabi ortib borayotgani, brend strategiyasi va bozorga moslashuvi muvaffaqiyatli ekanini tasdiqlaydi.

Dilerlik konferensiyasida O‘zbekistonda 2025 yilda HAVAL brendini rivojlantirishning asosiy jihatlariga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan:

● dilerlik tarmog‘ini kengaytirish – O‘zbekistonning turli shaharlarida yangi markazlar ochilishi rejalashtirilishi, HAVAL avtomobillarini xarid qilishni yanada keng doiradagi mijozlar uchun qulaylashtiradi;

● marketing faoliyati, shuningdek, mijozlar va ularning oilalari uchun loyallikni oshirish va brend atrofida qulay muhit yaratishga qaratilgan tadbirlar;

● yuqori sifat va xavfsizlik standartlariga javob beradigan yangi va zamonaviy modellarni bozorga chiqarish;

● dilerlar ishini maqbullashtirish – tadbir ishtirokchilari xizmat ko‘rsatish sifati, savdo samaradorligi va mijozlar bilan o‘zaro aloqa munosabatlari sifatini oshirish yo‘llarini muhokama qildi.

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash lozimki, dilerlik konferensiyasi o‘zaro tajriba almashish, erishilgan yutuqlarni muhokama qilish va keyingi o‘sish jarayoni uchun yangi yechimlarni izlash uchun platformaga aylandi. HAVAL brendi mamlakat aholisiga innovatsion texnologiyalar, qulaylik va ishonchlilikni taklif etgan holda, O‘zbekiston avtomobil bozorida o‘z ishtirokini faol rivojlantirishni maqsad qilib olgan.

HAVAL krossoverlarining xususiyatlari, mavjud komplektatsiyalar va narxlari bilan siz haval.uz saytida tanishishingiz mumkin.

HAVAL’ning axborot liniyasi: +998 (71) 287-88-88

E-mail | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid