“Eng asosiy masala – Samarqand şahrini odam-şaharga aylantirişimiz kerak. Bugun bizning şahrimiz maşina-şaharga aylangan. Maşina egalari norozi bölsa bölsin, mayli. Piyoda yurişni yölga qöyişimiz kerak. “Parkovka”ni köpaytirişimiz kerak. Maşinasini “parkovka”ga olib borib qöyişi kerak”, – deydi Turdimov.

Viloyat hokimligi axborot xizmati uşbu yiğiliş haqida 26 noyabr kuni xabar bergan. Xabarda aytilişiça, yiğilişda şahar sektorlari rahbarlariga markaziy köçalarda avtomobillar töxtaş joylarini taşkil etiş, piyodalar yölaklarini tartibga keltiriş, piyodalar uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş çora-tadbirlarini işlab çiqiş böyiça topşiriqlar berilgan.

“Samarqand şahar törtta sektori piyodalar yuradigan joylarda piyoda yurib, şaroit yaratiş böyiça çoralar körişi kerak. Trotuarga ham maşina qöyib qöyadi. U zöravon, noinsof, qöydirmaslik kerak. Hamma dökonning oldiga maşina qöyib qöyadi, qöydirmaslik kerak. Odamlarimiz köproq piyoda yurişi kerak.

Yana bir marta aytaman, piyoda-şaharga aylantiriş çora-tadbirlarini körişimiz kerak”, – degan viloyat rahbari.

Turdimovning sözlariga köra, yil oxirigaça Samarqand şahridagi elektrobuslar soni 100 taga, kelasi yilning birinçi yarmida esa 150 taga yetkaziladi.

“Avtobusni köpaytirişimiz kerak. Mana hozir 36 ta elektrobus keldi, yil yakunigaça yana 64 ta  elektrobus keladi. Bu elektrobuslarning marşrutini transport boşqarmasi menga emas, Samarqand şahri odamlari bilan ommaviy muhokama qilib, ijtimoiy tarmoqlarda yoyinlab, keyin guruh tuziş kerak-da, hammasini ekspertizadan ötkazib, yaxşi marşrut tayyorlab, uni xalq deputatlari Samarqand şahar kengaşiga kiritib, kengaşda tasdiqlanib, keyin viloyatga bersa, biz “dobro” beramiz. Hozir yurayotgan maşinalarni olib taşlab, örniga buni qöydirib, nohaqlik qiliş keragi yöq. Odamlar bilan maslahatlaşib qöyiş kerak.

2025 yilning birinçi yarim yilligida yana 50 ta elektrobus olişimiz kerak. Öşalarning hammasini agar Juma–Urgut yönalişiga qöyadigan bölsak, kamroq kirib keladi, “nagruzka” kamayadi şu köçada. Hozir kirib bölmaydi...” – deya ta’kidlagan Erkinjon Turdimov.

Avvalroq Samarqandda tramvayning uçinçi yönalişi oçilişi rejalaştirilayotgani xabar qilingandi.