Özbekiston Markaziy banki 29 noyabrdan boşlab özbek sömining AQŞ dollariga nisbatan rasmiy kursini 12 865 söm deb belgiladi. Bu – bir kun oldingidan 16,67 sömga yuqori. Rasmiy kursning oşişi fonida tijorat banklarida dollar kursi ilk marta 12 925 sömgaça kötarildi.
Özbek sömi AQŞ dollariga nisbatan yil boşidan buyon (2024 yilning ilk iş kunida kurs 12 338,77 söm edi) 4,26 foizga qadrsizlandi.
Rasmiy kurs aprel oyida 12 700 sömdan, oktyabr oyida esa 12 800 sömdan oşgandi. Ma’lumot uçun, Markaziy bank belgilaydigan xorijiy valutalarning sömga nisbatan rasmiy kursi Özbekiston hududida buxgalteriya hisobi, statistika hisoboti va boşqa hisobot maqsadlari uçun, şuningdek bojxona va boşqa majburiy tölovlarni hisoblaş uçun işlatiladi.
Avvalroq, 2025 yil budjet parametrlarida dollar kursi örtaça yillik 13 250 sömdan hisoblangani xabar qilingandi. Bu körsatkiç 2026 yil uçun 13 725 söm, 2027 yil uçun 14 150 söm bölişi prognoz qilinyapti. Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodovga köra, valuta kursining 1 foizga qadrsizlanişi inflatsiyaga 0,3-0,4 foiz ta’sir körsatişi mumkin.
Ma’lumot uçun, milliy valuta 2022 yilda 3,94 foizga, 2023 yilda esa 9,7 foizga qadrsizlangandi.












