Bir neça kun kuzatilgan juda iliq va quruq ob-havodan söng bugungi kundan boşlab Özbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam va sovuq havo massalari kirib kelişi boşlandi.
Özgidromet xabariga köra, bugun va dam oliş kunlari respublika böyiça vaqti-vaqti bilan yomğir yoğadi, ba’zi joylarda kuçli böladi. 30 noyabr-1 dekabrda ayrim joylarda yomğir qorga aylanişi mumkin.
Özbekistonning toğoldi va toğli hududlarida 29 noyabr-1 dekabrda sel-suv toşqin hodisalari yuzaga kelişi mumkin. Respublika hududi böyiça yomğir suvlari töplanişi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosişiga olib kelişi mumkin.
Havo harorati asta-sekin pasayadi. Keçagi +20...+23 darajadan söng, bugun kunduzi harorat +10...+15 darajagaça, yakşanba kuni esa +3...+8 darajagaça pasayadi.
Respublikaning ayrim joylarida şamol tezligi 13-18 m/s gaça kuçayişi mumkin.
Poytaxtda: 29 noyabr-1 dekabr kunlari vaqti-vaqti bilan yomğir yoğadi. 1 dekabrda yomğir qorga aylanişi ehtimoli bor. Bugun kunduzi harorat +13...+15 daraja, ertaga, 30 noyabrda +7...+9 daraja, yakşanba, 1 dekabrda +5...+7 daraja böladi. Harorat keçalari asosan +5...+7 daraja böladi.
Şarqiy şamol yönalişini özgartirib, ğarbdan birozdan örtaça tezlikkaça esadi.












