26 noyabr kuni Navoiy viloyatining Zarafşon şahrida Iskander Buildings quriliş kompaniyasining ikkinçi loyihasi - Megapolis loyihasining oçiliş marosimi tantanali ravişda bölib ötdi. Marosim Zarafşon şahri hokimi Nazirjon Isroiloviç tomonidan oçib berilib, estradamizning yorqin yulduzlari jumladan: Nilufar Usmonova, Uluğbek Qodirov, Azoda va boşqa blogerlarning çiqişlari bilan davom etdi. Tadbirda taşkil qilingan har xil yutuqli öyinlar va bolalar uçun öyin maydonçalari mehmonlarga özgaça kayfiyat ulaşdi.

Marosim davomida xonadon egalari Iskander Buildings quriliş kompaniyasi haqida öz fikrlarini bildirib ötdilar.










