10 fevral kuni Toşkent şahrida Iskander Buildings quriliş kompaniyasidan yangi “Mezbon” loyihasining oçiliş marosimi bölib ötdi. Oçiliş marosimiga Uluğbek Qodirov, Jahongir Latipov, Azoda, Şahlo Zoirova, Hasan Mamasaidov, Zebo Rahimova kabi elimiz suygan san’atkor va blogerlar taşrif buyurişdi.  

Loyiha haqida

“Mezbon” loyihasi Yunusobod tumani 16-mavze röparasida 1 gektar maydonda qad rostlaşi rejalaştirilgan. Loyiha 7 ta blokdan iborat bölib, har bir blok 16 qavatdan taşkil topgan. Umumiy xonadonlar soni esa 969 ta. 

Loyihada 1,2 va 3 xonali xonadonlar mavjud bölib, har bir xonadonda 3,21 dan 18,1 kv metrgaça bölgan terrasalar mavjud. Odatdagidek, Iskander Buildings kompaniyasida barça xonadon egalari uçun terrasalar kompaniya tomonidan bonus sifatida taqdim qilinadi. 

Loyiha manzili qulay bölib, taşqi infratuzilmasi judayam boy hisoblanadi: 

ta’lim muassasalari - 9 ta;

yirik savdo nuqtalari - 6 ta;

kafe va restoranlar - 15 ta;

masjid - 2 ta;

tibbiyot markazlari - 5 ta;

bank - 4 ta.

“Mezbon” loyihasida kundalik hayot uçun lozim bölgan barça qulayliklar mavjud: bolalar öyingohlari, sport maydonçalari, yuguriş va velosiped yölakçalari, 2 qavatli yerosti hamda yerusti avtoturargohlari, 2 ta liftga ega zamonaviy kiriş yölaklari. 

Istiqomat qiluvçilarning xavfsizligini ta’minlaş maqsadida loyiha hovlisida 24 soat davomida işlaydigan kuzatuv kameralari örnatiladi.