
Mavrid - Iskander Buildings’ning Toşkentdagi ilk loyihasi. Majmua 3 ta blok va 299 ta xonadondan iborat.

«+10 oy» qanday natija berdi?
Şartnomaga köra, Mavrid qurilişi 2027-yilning iyun oyi oxirigaça yakunlanişi közda tutilgan edi. Amalda esa quriliş işlari 2026-yilning sentabr oyida - belgilangan muddatdan 10 oy avval yakunlandi.
Iskander Buildings uşbu natijani «+10 oy» ğoyasi bilan ifodaladi. Kompaniya uçun bu raqam faqat quriliş grafigidagi farq emas, balki mijoz uçun tejalgan vaqtni anglatadi.

Ayni paytda Mavrid majmuasida quriliş işlari yakunlangan bölib, kadastr hujjatlarini rasmiylaştiriş jarayoni boşlanmoqda. Uşbu jarayon yakunlangaç, xonadonlarni belgilangan tartibda mijozlarga topşiriş işlari amalga oşiriladi.
Renderdan real Mavrid’gaça
Mavrid loyihasida xonadonlar bilan bir qatorda majmuaning umumiy yaşaş muhitiga ham eʼtibor qaratilgan. Hududda obodonlaştirilgan hovli, bolalar maydonçalari, sport va dam oliş zonalari taşkil etilgan.


Majmua hududida aholi foydalanişi uçun kitob javoni ham örnatilgan. Bu Mavrid’ning umumiy hududlarida mutolaa uçun yaratilgan kiçik taşabbuslardan biridir.
Mijozlar nima deydi?
18-sentabr kuni bölib ötgan tadbirda Mavrid mijozlari ham majmuaning yakuniy körinişi bilan yaqindan tanişdi.










