Buyuk Britaniyada hibsga olingan Bolgariyaning ikki fuqarosi Rossiya foydasiga josuslik qilganlikda aybini tan oldi. Bu haqda 28 noyabr, payşanba kuni Londondagi Markaziy jinoiy sud majlisi çoğida ma’lum böldi. 46 yoşli Orlin Rusev va 43 yoşli Bizer Jambazov majlis boşlanişidan oldin buni tan olişgan, deb xabar beradi dpa agentligi. Xuddi şu iş böyiça yana uç gumonlanuvçi öz aybini tan olmadi, deya xabar beradi dpa.

Tergov aybiga iqror bölgan Rusev Moskvaga işlagan ayğoqçilar guruhini boşqargan, deb hisoblaydi. Taxminlarga köra, u rus razvedka xizmatlari bilan hamkorlik qilgan va keyinçalik yaşiringan avstriyalik tadbirkor Yan Marsalekdan topşiriq olgan.

Tergov ma’lumotlariga köra, josuslik guruhi nafaqat Buyuk Britaniyada, balki Germaniya, Avstriya, Ispaniya va Çernogoriyada ham faoliyat yuritgan, deya qayd etadi dpa. Sud jarayonida prokuror Elison Morganning aytişiça, ayblanuvçilar odamlar yoki narsalar tasvirini olgan hamda 2020 va 2023 yillar oraliğida öz maqsadlari haqida batafsil hisobotlar yozgan. Buning evaziga ular «katta miqdordagi pul» olgan, dedi Morgan.

Wirecard bankrotligida Marsalekning roli

Ilgari Wirecard moliyaviy kompaniyasida savdo böyiça direktor lavozimini egallab kelgan Yan Marsalek bir neça yil davomida nemis adliyasidan yaşirinib yurgan, u Rossiyada FSB tomonidan taqdim etilgan davlat himoyasi ostida yaşaydi, deb işoniladi. U Wirecard mojarosida asosiy gumondor sanaladi, deya eslatadi dpa. Marsalek, asosan, Osiyoda Wirecard nomidan kredit karta tölovlarini qayta işlagan, taşqi tölov xizmatlarini körsatuvçi uçinçi tomon hamkor kompaniyalari bilan biznes uçun mas’ul edi.

2020 yil iyun oyida 1,9 milliard yevro – bu biznesdan olingan taxminiy daromad «izsiz ğoyib bölgani» ma’lum böldi: Filippindagi göyo pulni uşlab turgan ikkita bank ularda bunday mablağ yöqligi va heç qaçon bölmagani haqida xabar berdi. 25 iyun kuni Wirecard «ortiqça qarz»ga asoslanib, bankrotlik töğrisida ariza berdi. Guruhning qulaşi aniq bölgaç, Marsalek Germaniyani tark etdi.

«Dose» va Süddeutsche Zeitung gazetasi tomonidan olib borilgan suriştiruvga köra, 2021 yilda Yan Marsalek German Bajyenov soxta ism-familiyasi ostida Rossiya pasportini olgan. Şu bilan birga, unga berilgan hujjatning raqami, jurnalistlar aniqlaganidek, Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasi sobiq deputati Darya Mitinaning muddati ötgan pasportiga töğri keladi va rasmiy ravişda haqiqiy emas bölişi mumkin.