Angliya: «Arsenal»da yana yirik hisob

«Vest Hem» — «Arsenal» 2:5
Gollar: Van-Bissaka (38), Emerson (40) — Gabriel (10), Trossar (27), Edegor (34, penalti), Haverts (36), Saka (45+5, penalti).
«Vest Hem» – Fabianski, Emerson (Tsoufal, 65), Kilmen, Todibo, Van-Bissaka, Paketa (Rodriges, 78), Souçek, Sammervill (Alvares, 46), Soler (Irving, 78), Bouen, Antonio (Ingz, 65).
«Arsenal» – Rayya, Kalafiori (Zinçenko, 56), Gabriel (Kivyor, 46), Saliba, Timber, Rays, Jorjinio, Edegor (Jyezus, 74), Trossard (Nvaneri, 85), Haverts, Saka (Sterling, 74).
Ogohlantirişlar: Emerson (42), Saka (42), Sammervill (45+1), Fabianski (45+3), Souçek (90+4).

Edegor jarohatidan tuzalgaç va bir neça öyinni ötkazib yuborgan Saka ham oldingi formasiga qaytgaç — «Arsenal» öyinini kuzatiş yana estetik zavq bera boşladi. «Vest Hem» bilan derbi esa YeÇLda «Sporting»ga qarşi keçgan öyinning (5:1) öziga xos davomiga aylandi. Birinçi bölim örtalariga kelib «bolğaçilar» darvozasi tört marta işğol etib bölingandi, barçasi «kanonirlar» uçun odatiy gol bilan boşlandi. Saka kornerdan töp uzatdi — Gabriel Magalyans boş bilan gol urdi.

Ikkinçi golli hujum — gurmanlarning iştahasini qözğaydigan yegulik misoli böldi. Edegor yumşoq pas bilan töpni himoyaçilar ortiga taşlab berişidan — Saka böş darvoza qarşisida turgan Trossarni golli pas bilan ta’minlaşigaça. Yevropa ligalarida bu mavsumda 10 ta golli uzatma amalga oşirgan ilk futbolçiga aylangan Saka uçinçi golda ham asosiy işni bajardi, u jarima maydoniga ikki himoyaçi orasidan yorib kirdi va Lukas Paketani fol işlatişga majbur qildi, şundan keyin Edegorga mavsumdagi ilk golini urişi uçun imkoniyat taqdim etdi. Bundan ikki daqiqa ötib Trossar maydon markazidan turib Haversni yakkama-yakka vaziyatga çiqarib yubordi.

Köpçilik fevral oyida bölgani kabi «Arsenal» yana uşbu raqibini safarda 6:0 hisobida mağlub etişini kuta boşladi. Lekin mezbonlar uyğonişdi va ikki daqiqa içida jamoaning ikki laterali — Van-Bissaka va Emerson ikkita javob golini urişdi. Faqat birinçi bölimga qöşib berilgan daqiqalarda Fabianski töpga çiqişda xatoga yöl qöyib, Magalyansning boşiga zarba berib yubordi va belgilangan 11 metrlik jarima zarbasini bu safar Saka aniq ijro etib, amalda «Vest Hem»ning kambek uçun umidlarini kömdi. Ikkinçi bölimda mezbonlar qöpolroq öynay boşladi, Arteta öz yetakçilarini maydondan oldi va muxlislar boşqa gol körişmadi. Lekin birinçi bölimdagi gollar «kanonirlar» APL tarixida bir jamoa darvozasiga safarda 60 gol urgan ilk jamoaga aylanişi uçun yetarli böldi.