Potsdam iqlim özgarişini tadqiq etiş instituti hisobotiga köra, dunyoda hosil bermaydigan yerlar maydoni qörqinçli darajaga yetgan. Har yili dunyoda 1 million kilometr kvadrat hudud unumsiz yerga aylanadi. Bugungi kunda bu kabi yerlar maydoni 15 million kilometr kvadratni taşkil etadi — bu Antraktida maydonidan köproq, deb xabar beradi The Guardian.

Institut hisobotida keltirilişiça, yerning degradatsiyaga uçraşi iqlim özgarişi, biologik xilma-xillikning yöqolişi va global ekologik inqirozga bevosita boğliq. Mualliflarning sözlariga köra, oldinlari yer ekotizimi atmosferaga çiqarilgan karbonat angidrid gazining uçdan bir qismini «yutib yubora olgan», ammo oxirgi ön yilning özida uşbu qobiliyat 20 foizga kamaygan.

Tuproq degradatsiyasining asosiy sabablari — örmonlarning kesilişi va beqaror qişloq xöjaligi usullaridan foydalaniş (xususan, kimyoviy öğitlar va pestitsidlar işlatiş — bu tuproq eroziyasiga va suvning ifloslanişiga olib keladi).

Hisobot mualliflarining ta’kidlaşiça, bunday usullardan foydalaniş qisqa muddatli istiqbolda iqtisodiy jihatdan foydali körinsa-da, kelajakda tuproq unumdorligiga ta’sir körsatib, çang böronlarini keltirib çiqaradi. Bu esa öz navbatida hosildorlikning tuşib ketişiga olib keladi.

Ayni vaqtda Janubiy Osiyo, Afrika, Xitoy şimoli va Örta Yer dengizida uşbu muammolar kuzatilmoqda. Hozirda insoniyatning uçdan bir qismi qurğoqçil hududlarda yaşayapti.

Hisobot orqali Saudiya Arabistonining Ar-Riyod şahrida 200 ta davlat vakillari iştirokida bölib ötadigan sammit oldidan barqaror yerni boşqariş böyiça global sa’y-harakatlar muhimligini eslatiş maqsad qilingan.

Avvalroq 2024 yil tarixdagi eng issiq yil bölişi kutilayotgani töğrisida xabar berilgandi. Yevropaning Yerni masofadan zondlaş xizmati Copernicus hisobotiga köra, joriy yilning 10 oyida örtaça global harorat 1991-2020 yillardagi körsatkiçdan 0,71 darajaga yuqori bölgan.