Gurjiston poytaxti Tbilisida tört kunlik namoyişlar davomida 224 kişi qölga olindi, deb xabar qildi Gurjiston Içki işlar vazirligi 2 dekabr, duşanba kuni. Qölga olinganlar politsiyaga böysunmaslik va mayda bezorilikda ayblanmoqda. 36 nafar şaxs sud tomonidan jarimaga tortilgan, yana 34 nafar şaxs ma’muriy qamoqqa olingan. Hammasi bölib sudga 98 kişi böyiça materiallar kelib tuşgan.

Ikki namoyişçi (2003 va 2007 yillarda tuğilgan) jinoiy javobgarlikka tortilgan. Ular politsiya xodimlariga hujum qiliş va öt qöyiş orqali mulkka (şu jumladan, şahar mulkiga) zarar yetkazişda ayblanmoqda. Ayblanuvçilar yetti yilgaça ozodlikdan mahrum etilişi mumkin.

Politsiya ma’lumotlariga köra, tartibsizliklar natijasida 113 nafar politsiyaçi jarohatlangan, ulardan tört nafari kasalxonaga yotqizilgan. Içki işlar vazirligining ta’kidlaşiça, miting iştirokçilari politsiya ogohlantirişlariga qaramay, «bir neça bor provokatsion harakatlar sodir etgan» va Rustaveli prospektidagi parlament binosi va infratuzilmasiga zarar yetkazgan.

Tbilisida maxsus kuçlar namoyişçilarga qarşi suv purkagiçlardan foydalanmoqda

Tbilisida törtinçi kun ham davom etgan ommaviy norozilik namoyişlarida politsiya maxsus kuçlari parlament binosi yaqinida töplanganlarga qarşi suv purkagiçlardan foydalangan. «Rustaveli prospektidagi vaziyat tarangligiça qolmoqda, maxsus kuçlar parlament hovlisi içki hududidan suv purkagiçlarni işlatişda davom etmoqda, biroq ba’zi namoyişçilar joyida qolmoqda», deb yozadi Paper Kartuli.

Şu bilan birga, ayrim namoyişçilar maxsus kuçlarga qarata toş va pirotexnika vositalari otmoqda, deb yozadi «Exo Kavkaza».

Gurjistonning eng yirik banklari Bank of Georgia va TBC, aloqa operatorlari Magti va Silknet, avtomobil dilerlik kompaniyasi Tegeta va ORBI Group developeri namoyişçilar bilan birdamlik bildirdi. Hukmron «Gurjiston orzusi» partiyasining Yevropa integratsiyasi jarayonini töxtatib turiş haqidagi qarori Gurjiston Taşqi işlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Konstitutsiyaviy sud xodimlari va boşqa davlat xizmatçilar tomonidan ham omma oldida qoralangan. Bundan taşqari, Gurjistonning AQŞ, Niderlandiya, Bolgariya, Italiya va Litvadagi elçilari norozilik sifatida öz lavozimlarini tark etgani xabar qilingan.