Gurjistonda mamlakatning Yevropa integratsiyasi kursiga qaytişini talab qilgan ommaviy namoyişlar ketma-ket oltinçi kun davom etmoqda. DW'ning Tbilisidagi muxbiri xabar berişiça, 3 dekabr, seşanba kuni keçga yaqin maxsus kuçlar parlament binosi yaqinida namoyişçilarni tarqatib yuborişga kirişgan. Ovoz kuçaytirgiçlardan tarqalib ketiş va xavfsizlik kuçlari işiga aralaşmaslik çaqiriqlari eşitildi.
Politsiya közdan yoş oqizuvçi gaz işlatdi va namoyişçilarni qölga oldi, namoyişçilar barrikadalar örnatib, alangalar yoqdi. Ayrim namoyişçilar pirotexnika vositalaridan foydalangan. «Mediazona» internet naşrining Mtavari Arkhi telekanaliga tayanib yozişiça, Gurjistondagi norozilik namoyişlari fonida pirotexnika dökonlari öz faoliyatini çeklay boşladi.
«Exo Kavkaza» internet naşri xabariga köra, hukumatga qarşi namoyişlar nafaqat poytaxtda, balki Gurjistonning boşqa şaharlarida ham bölib ötmoqda. «Mediazona» Batumi va Kutaisidagi namoyişlar haqida xabar berdi.
Tbilisidagi namoyişlarda 220 dan ortiq kişi qölga olindi
Gurjiston poytaxti Tbilisida tört kunlik namoyişlar davomida 224 kişi qölga olindi, deb xabar qildi Gurjiston Içki işlar vazirligi 2 dekabr kuni. Qölga olinganlar politsiyaga böysunmaslik va mayda bezorilikda ayblanmoqda. 36 nafar şaxs sud tomonidan jarimaga tortilgan, yana 34 nafar şaxs ma’muriy qamoqqa olingan. Hammasi bölib sudga 98 kişi böyiça materiallar kelib tuşgan.
Ikki namoyişçi (2003 va 2007 yillarda tuğilgan) jinoiy javobgarlikka tortilgan. Ular politsiya xodimlariga hujum qiliş va öt qöyiş orqali mulkka (şu jumladan, şahar mulkiga) zarar yetkazişda ayblanmoqda. Ayblanuvçilar yetti yilgaça ozodlikdan mahrum etilişi mumkin.
Politsiya ma’lumotlariga köra, tartibsizliklar natijasida 113 nafar politsiyaçi jarohatlangan, ulardan tört nafari kasalxonaga yotqizilgan. Içki işlar vazirligining ta’kidlaşiça, miting iştirokçilari politsiya ogohlantirişlariga qaramay, «bir neça bor provokatsion harakatlar sodir etgan» va Rustaveli prospektidagi parlament binosi va infratuzilmasiga zarar yetkazgan.












