Öşa hujum va Isroilning javobi status-kvoni buzgandi. Sönggi kunlarda Suriyada röy bergan voqealar şuni körsatmoqdaki, Yaqin Şarqdagi uruş kengayib bormoqda. BBC şarhlovçisi Jyeremi Bouen Yaqin Şarqdagi sönggi voqealarni tahlil qildi.

2011 yilda boşlangan ön yillik uruş davomida Başar Asad otasidan meros bölib qolgan hokimiyatni saqlab qolişga muvaffaq böldi, çunki u hokimiyat uçun Suriyani parçalaşga tayyor edi, qolaversa, unga kuçli ittifoqçilar yordam berdi: Rossiya, Eron va Livandagi «Hizbulloh».

Bu ittifoqçilar IŞID ekstremist-jihodçilaridan tortib AQŞ hamda Fors körfazining badavlat monarxiyalari tomonidan qöllanadigan ayirmaçi kuçlarga qadar bölgan turli guruhlarga qarşi uning tomonida turib uruş olib borişdi.

Endi Eron Isroil AQŞ yordamida unga yöllagan zarbalardan önglanişga harakat qilmoqda, özining eng yaxşi jangçilarini Asad uçun jang qilişga yuborgan ittifoqçisi «Hizbulloh» esa isroilliklarning zarbalaridan falaj holatga tuşgan.

Rossiya samolyotlari sönggi kunlarda hujum qilayotgan suriyalik isyonçilar ustiga zarbalar yölladi, ammo Rossiya hozirda asosiy e’tiborini Ukrainadagi uruşga qaratişga majbur.

Halab va Idlibdan janubga, Hama tomon harakatlanayotgan isyonçilar

Suriyadagi uruş amalda yakunlanmagandi. U şunçaki qisman Yaqin Şarqdagi turğunlik holati va qisman jurnalistlar Suriyaga kira olmay qolgani tufayli jahon naşrlari sarlavhalaridan ğoyib bölgandi.

Joylarda harbiy harakatlar töxtatilgan yoki muzlatilgandi, ammo Suriyada hali köplab nizolar oçiq qolayotgandi.

Asad rejimi baribir arab bahori boşlangan 2011 yilga qadar bölgan davrdagi butun mamlakat ustidan nazoratni öziga qaytara olmadi. Ammo, şunga qaramay, u asosiy şaharlar hamda ularni özaro boğlovçi yoki atrofidan ötgan asosiy yöllar ustidan nazoratni tikladi.

Endi esa «Hay’at Tahrir aş-Şom» boşçiligidagi isyonçilar koalitsiyasi Idlibdan taşqariga çiqdi (Turkiya bilan çegaradoş bu viloyat uşbu guruh nazorati ostida qolgandi) va «hayratomuz» tezlikda harakatlanib, bir neça kun içida Suriya armiyasi garnizonlarini katta hududlardan surib çiqardi.

Yuriş 27 noyabr kuni boşlangandi. Ikki kun ötib isyonçilar Halabning qadimiy qal’asi oldida suratga tuşişdi, bu joy 2012–2015 yillarda, şahar isyonçilar va rejim kuçlari örtasida bölingan çoğda Asad qöşinlarining yetib bölmas bazasiga aylangandi.

Hukumat qöşinlari quvib yuborilganidan keyin Halabdagi vaziyat, aftidan, sokinlaşgan. Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan fotosuratlardan birida isyonçilar otryadi jangçilari mahalliy oşxonada qovurilgan tovuq uçun navbatda turgani aks etgan.

Isyonçilar Halabni jiddiy qarşiliksiz egalladi

Hş «Al-Qoida»ning Suriyadagi bölimining sobiq jangarilari tomonidan tuzilgandi, guruh undan 2016 yilda ajralib çiqqan va keyin uning radikal kayfiyatdagi izdoşlari bilan kuraş boşlagan. Hş 2018 yildan buyon AQŞ, Turkiya, Buyuk Britaniya, Yevroittifoq, Rossiya va boşqa mamlakatlarda terrorçilik taşkiloti deb topilgan.

Hş yetakçisi Abu Muhammad al-Jölaniy köp yillar mobaynida Iroq va Suriyadagi jihodçilar yetakçilaridan biri bölgan. Ammo keyingi yillarda u guruh tarafdorlari bazasini kengaytirişga urinib, jihodçilarning qat’iy mafkurasidan uzoqlaşgan.

Şu rebrending tufayli Hş «tajovuzni qaytariş böyiça amaliyot» deb nomlangan yurişi uçun keng kölamda qöllab-quvvatlanişiga umid qilmoqda. Guruh rasmiy nomida ham, öz bayonotlarida ham fundamental diniy frazeologiyalardan qoçadi.

BBC Monitorinğning jihodçilar mediasi böyiça mutaxassisi Mina al-Lamiyning sözlariga köra, Hş neytral tildan foydalanib, auditoriya idrokida hozirgi voqealarni guruhning jihodçi qismidan ajratib körsatişga harakat qilmoqda va bu yurişni isyonçilarning hukmron rejimga qarşi qöşma harakatlari sifatida körsatmoqda.

Suriyaliklar ommasi diniy ekstremizmdan qattiq çöçib qolgan. Uruşning ilk yilida demokratik çiqişlar bostirilganidan keyin isyonga jihodçi guruhlar boşçilik qila boşlagan, köplab suriyaliklar yoki betaraf qolişni ma’qul körgan, yoki IŞID va uning odamxör mavfkurasidan qörqqani uçun istar-istamay Asad rejimini qöllaşga ötgan.

Suriya şimolidagi siyosiy landşaft quroq (yamoq tuşgan) körpaga öxşaydi. Şimoli-şarqdagi hududlarning katta qismini Suriya demokratik kuçlari nazorat qiladi — bu kurdlarning AQŞ qöllovidagi guruhidir.

Mintaqada Turkiya muhim öyinçi hisoblanadi. Uşbu davlat tomonidan qöllab-quvvatlanadigan mahalliy ayirmaçilar çegara hududlar ustidan nazorat örnatgan va öz muntazam armiyasiga ega.

Suriya şarqidagi sahrolardagi yöllarda esa vaqti-vaqti bilan IŞID qoldiqlari hisoblangan jihodçi guruhlar pistirmalar qöyadi.

Suriyadan kelayotgan xabarlarga köra, isyonçilar yuriş davomida katta miqdordagi qurol va texnikalarni, jumladan, vertolyotlarni ölja qilib olgan va Halab hamda Damaşq örtasidagi yirik şahar bölmiş Hama tomon harakatlanmoqda.

Asad rejimi va uning ittifoqçilari, şubhasiz, vaziyatni tenglaştirişga harakat qiladi va birinçi navbatda havo orqali javob zarbalarini kuçaytiradi. Isyonçilarda esa aviatsiya yöq. Ammo dronlar bor. Harbiy işlarda ular amalga oşirayotgan inqilobning yana bir dalili: isyonçilar dron orqali Suriya razvedkasining yuqori martabali zobitini öldirgani haqida xabarlar bor.

Asad rejimini hisobdan çiqarişga hali juda erta. Unda çin tarafdorlar yadrosi mavjud. Suriyaliklarning bir qismi uning yomonligi isyonçilarning asosiy kuçiga aylangan jihodçilarning yomonligidan kamroq deb biladi.

Ammo Asadga qarşi boşqa guruhlar ham bor — ular esa juda köpçilik — ular ham kötariladigan bölsa, unda rejim çindan ham yana ajalvor xavf ostida qoladi.