«Hududgazta’minot» AJ tomonidan huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan hamkorlikda noyabr oyi davomida 3 mingga yaqin tadbirlar ötkazilib, 2,9 mingta tabiiy gazdan noqonuniy foydalaniş holatlari aniqlandi. Bu haqda aksiyadorlik jamoyati matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, aniqlangan holatlar böyiça jami 97,1 milliard sömlik 42,4 million kub metr tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilingan.
Şu bilan birga, noyabr oyida suyultirilgan gaz ta’minotida 1,5 ming dona maişiy gazballonlari noqonuniy saqlanayotgani aniqlangan 23 ta «bunker» faoliyatiga çek qöyilgan. Buning natijasida aholi iste’molçilariga yönaltirilişi lozim bölgan 20,3 tonna suyultirilgan gaz hajmlari talon-torojining oldi olingan.
«Aniqlangan noqonuniy holatlar va qoidabuzarliklar hamda ularga aloqador şaxslarga nisbatan jazoning muqarrarligini ta’minlaş maqsadida, barça materiallar huquqiy baho berilişi uçun huquq-tartibot organlariga yuborilgan», — deyiladi xabarda.
Avvalroq Farğona şahridagi issiqxona özboşimçalik bilan tabiiy gaz tarmoğiga ulanib, 1,6 mlrd sömlik zarar yetkazgani, Samarqand viloyatining Bulunğur tumanida fuqaro MFYda joylaşgan novvoyxonasida yerosti ötuvçi tabiiy gaz tarmoğiga özboşimçalik bilan ulanib olgani töğrisida xabar berilgandi.












