Eron 60 foizgaça boyitilgan uran işlab çiqarişni keskin oşirmoqda, bu yadroviy qurol işlab çiqariş uçun yaroqli 90 foizgaça boyitişdan oldingi yakuniy texnik qadamdir. Eronning hozirgi zaxiralari keyingi boyitiş bilan törtta yadro kallagi işlab çiqariş uçun yetarli böladi. Bu haqda Atom energiyasi böyiça xalqaro agentlik (AEXA) rahbari Rafael Grossi aytib ötdi.

Noyabr oyidagi AEXA hisobotida aytilişiça, 26 oktyabr holatiga köra Eron 60 foizga boyitilgan 182,3 kg uranga ega, bu avgust oyidagi hisobotga nisbatan 17,6 kg köp. Eron uran zaxirasini kamaytiriş va’dasiga qaramay, uni oşirişda davom etmoqda va umumiy zaxirasi 6,5 tonnadan ortgan.

21 noyabr kuni AEXA Boşqaruvçilar kengaşi Eronni agentlik bilan faolroq va şaffof hamkorlik qilişga çaqiruvçi rezolyutsiya qabul qildi.

Eron parlamenti spikeri Muhammad Qolibof buni «adolatsiz va konsensussiz» deb atadi va Ğarb davlatlarining Eronning «tinç» yadroviy dasturiga «noreal, siyosiylaşgan va buzğunçi yondaşuvini» aks ettirişini ta’kidladi. Keyin Eron bir qator yangi sentrifugalarni faollaştiriş jarayonini boşladi. Qolibof sözlariga köra, bu qadam Eronning xalqaro tuzilmalar tomonidan «siyosiy manipulyatsiyaga» qarşi turiş qat’iyatini körsatadi, şu bilan birga mamlakat «faqat tinç texnologiyalardan» foydalanadi.