Suriyada noyabr oyi oxirida Başar Asad qöşinlariga qarşi yuriş boşlagan qurollangan guruhlar 8 dekabrga ötar keçasi heç qanday qarşilikka uçramasdan poytaxt Damaşqqa kirib keldi.
Mahalliy vaqt bilan ertalabki soat 6 atrofida isyonçilar Damaşqqa kirgani, şahar çekkasidagi Sayyednaya qamoqxonasi nazoratga olingani va u yerdagi mahbuslar qöyib yuborilganini ma’lum qildi. Suriyada fuqarolik uruşi boşlangan 2011 yildan buyon bu yerga Başar Asad rejim muxoliflari qamab kelingan. Huquq faollariga köra, uruşning dastlabki beş yili davomida bu yerda töla maxfiylik şaroitida 5 mingdan 13 minggaça kişi qatl etilgan.
Şundan keyin minglab damaşqliklar köçalarga çiqişdi va isyonçilarni olqişlaşdi.
Faqat önlab kişilar şaharni zudlik bilan tark etişga urindi, ammo Damaşq xalqaro aeroporti reyslarni jönatiş va qabul qilişni töxtatgan, aeroport xodimlari evakuatsiya qilingan.
Kunning birinçi yarmida isyonçilar vakillari televideniye orqali çiqiş qilib, Başar Asadning 24 yillik avtoritar boşqaruviga yakun yasalganini e’lon qildi. «Biz Suriya xalqi bilan mahbuslarimiz ozod etilgani va kişanlar parçalangani haqidagi xabarlarni xursandçilik bilan nişonlayapmiz, şuningdek, [Damaşq çekkasidagi ] Sayyednai qamoqxonasida adolatsizlik davri poyoniga yetganini ma’lum qilamiz», — deya isyonçilarning bayonotidan iqtibos keltirgan Reuters.

Muxolifat vakillari «Damaşqni egallaş böyiça operativ ştab» guruhi muxolifat jangçilari va fuqarolarni «Erkin Suriya davlati» davlat institutlarini qöriqlaşga çaqirgan.
Ular xalqqa murojaatida «mujohidlar [ya’ni jangçilar] va fuqarolarni erkin Suriya davlati mulklarini asraş»ga çaqirgan.
«Salom erkin va ğururli Suriya! Sektalaridan qat’i nazar barça suriyaliklarga», — deyiladi isyonçilar bayonotida.
Suriyada fuqarolik uruşi boşlangan 2011 yildan buyon bu yerga Başar Asad rejim muxoliflari qamab kelingan. Huquq faollariga köra, uruşning dastlabki beş yili davomida bu yerda töla maxfiylik şaroitida 5 mingdan 13 minggaça kişi qatl etilgan.
Muxolifat vakili «Damaşqni egallaş böyiça operativ ştab» guruhi muxolifat jangçilari va fuqarolarni «Erkin Suriya davlati» davlat institutlarini qöriqlaşga çaqirgan.
Guvohlarning sözlariga köra, minglab kişilar Damaşqdagi asosiy maydonga töplanib, «Ozodlik!» deya hayqira boşlagan.

Foto: Louai Beshara/AFP via Getty Images
Suriya armiyasi qömondonligi ofitserlarga Başar Asad boşqaruvi yakuniga yetganini xabar qilgan. Ofisi Buyuk Britaniyada joylaşgan Suriyadagi inson huquqlarini monitoring qiliş markazi (SOHR) ma’lum qilişiça, bu xabar ortidan Suriya armiyasi zobitlari xizmatdan böşagan. Armiya va xavfsizlik kuçlarining yuzlab harbiy xizmatçilari ular rejim qulagani tufayli işdan böşagani ma’lum qilingaç, harbiy liboslarini yeçişgan.
Şu bilan birga, Suriya armiyasi Hama va Homs şaharlarida, şuningdek, Deraa şahri atrofidagi hududlarda «terrorçi guruhlar»ga qarşi kuraşni davom ettirayotgani haqida ma’lum qilgan.
Bu bayonot isyonçilarning mahalliy televideniye orqali Damaşq ozod etilgani va prezident Başar Asad hukumati ağdarilgani haqida ma’lum qilişidan keyin berilgan. Suriya armiyasi mamlakatdagi hodisalarni katta fitna deb atab, fuqarolarni ogohlikka va Suriya barqarorligi suverenitetini himoya qilişga çaqirgan.
Hokimiyat tinç yöl bilan topşiriladi
Ayni vaqtda Damaşqda bölayotgan işlar yuzasidan yagona rasmiy izoh Suriya boş vaziri Muhammad Ğoziy al-Jaloliy tomonidan berilgan. U öz uyida ekani va prezident Başar Asad Damaşqdan qoçib ketgani tufayli uning örniga keladigan har qanday hukumat bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi.
Keyinroq u poytaxtni egallagan isyonçilar qömondonligi bilan aloqa örnatgani hamda mamlakatda zudlik bilan navbatdan taşqari saylovlar ötkaziş lozimligini ma’lum qildi.
Isyonçi kuçlar rahbari Abu Muhammad al-Jölaniy esa şahardagi davlat muassasalari hokimiyat topşirilguniga qadar Suriya boş vaziri nazoratida qolişini va’da bergan, jangçilarga bu joylarga yaqinlaşmaslik buyurilgan, şuningdek, şaharda qolgan hukumat a’zolari xavfsizligi kafolatlangan.
Suriya armiyasi va xavfsizlik kuçlarining yuzlab harbiy xizmatçilari ular rejim qulagani tufayli işdan böşagani ma’lum qilingaç, harbiy liboslarini yeçişgan.
Şu bilan birga, Suriya armiyasining ayrim bölinmalari Hama va Homs şaharlarida, şuningdek, Deraa şahri atrofidagi hududlarda qarşilik körsatişda davom etayotgani haqida xabarlar bor.
Asad qayerda?
Başar Asad isyonçilar poytaxtga kirişidan biroz oldinroq xususiy samolyotda Damaşqdan noma’lum yönalişda uçib ketgan.
Reuters agentligi respublikadagi ikki manbasiga asoslanib, Suriya prezidenti Başar Asad aviahalokat qurboniga aylangan bölişi mumkinligi haqida xabar berdi.
Syrian Air aviakompaniyasining Il-76 rusumli, içida Başar Asad bölgani taxmin qilinayotgan samolyoti Suriya poytaxti aeroportidan havoga kötarilgan. Samolyot avvaliga şarqqa, Iroq bilan çegara tomon uçgan, keyin esa birdaniga şimoli-ğarbga burilib, mamlakatning Asadga moyil bölgan alaviylar nazorati ostidagi hududlari tomon uça boşlagan, bu hududda Rossiya harbiy bazalari ham joylaşgan. Şundan keyin samolyot şu kunlarda isyonçilar qöliga ötgan Homs yaqinida radarlardan yöqolib qolgan.
Şu bilan birga, samolyot ekipaji transpondyorni ataylab öçirib qöygan bölişi va şu tufayli bort radarlardan yöqolgan bölişi mumkinligini istisno etilmayapti.
FlightRadar ma’lumotiga köra, radarlardan ğoyib bölişidan oldin samolyot parvozi balandligi va tezligi asta-sekinlik bilan pasayib borgan.

Asad boşqaruvi yakuniga yetdi
Asadlar oilasi Suriyani 1971 yildan buyon boşqarib kelayotgandi. Bölajak prezident Başarning otasi Hafiz Asad 1960-yillarda qator harbiy davlat töntarişlarida iştirok etgan, bu jarayon yakunida mamlakatda Arab sotsialistik uyğoniş partiyasi (BAAS) hokimiyat tepasiga kelgan. Keyin partiya rejimi amalda Asad diktaturasiga aylangan. Hafizning öğli 2000 yilda vafot etgaç, uning öğli Başar hokimiyatni meros qilib olgan.
Oila alaviylar sektasiga mansub bölgan. Alaviylikni islom dinining şia mazhabining bir tarmoği deb hisoblaşadi, lekin u xristianlik elementlarini ham öz içiga olgan. Alaviylar yaşovçi sohil hududlari azaldan Asadlar oilasi tayançi hisoblangan.
Asad, xuddi otasi kabi siyosiy muxoliflarini qattiqqöllik bilan ta’qib etişda hamda Suriyada demokratik institutlarni yöqotişda ayblangan.
Asadlarning 50 yildan ortiq hukmronlik davrida ularning asosiy muxoliflari sunniy guruhlar bölgan. 1982 yilda Suriya armiyasi diniy guruhlar isyoni öçoği bölgan Hama şahrini butunlay yakson etgandi. 2011 yilda Suriyada «arab bahori» ortidan demokratiya tarafdorlari namoyişi boşlanadi va u yakunda ön yil davom etgan qonli fuqarolik uruşiga aylanadi.
Asad rejimi bu uruş avvalida Suriyaning kattagina qismi ustidan nazoratni boy beradi, ammo Rossiya armiyasi yordami bilan bu hududlarning aksarini qaytarib oladi, 2015 yildan Rossiya samolyotlari Suriya şaharlarini yoppasiga bombardimon qilişga kirişgandi. Şuningdek, Asadni Eron rahbariyati ham faol qöllagan. 2020 yilda Suriyadagi fuqarolik uruşi muzlatiladi. «Hay’at Tahrir aş-Şom» va Asadni ağdarişda iştirok etgan boşqa guruhlar sönggi yillardagi tinçlik davrida aynan öşa fuqarolik uruşi iştirokçilaridan şakllanadi.
2024 yilga kelib Rossiya ham, Eron ham Asadga yordamga kelolmadi. Rossiya samolyotlari Asadga qarşi koalitsiya pozitsiyalari böylab zarbalar yölladi, ammo ularning yurişini töxtata olmadi. Eron ta’siridagi livanliklarning «Hizbulloh» guruhi öz kuçlarini Suriyaga yuborganini e’lon qilgandi, ammo Isroil bilan uruş tufayli bu guruh ham voqealar rivojiga ta’sir qila olmaydigan darajada zaiflaşgandi.

Isyonçilar yurişi qanday davom etdi?
Asad rejimi ikki haftadan kamroq vaqt içida quladi.
27 noyabr kuni «Hay’at Tahrir aş-Şom» guruhi boşçiligidagi koalitsiya Suriyaning Başar Asad hukumati nazorati ostidagi hududlariga yuriş boşlagandi.
Ular ikki kun ötib Halabga kirişdi va 2012-2015 yillarda Asad qöşinlarining uşbu şahardagi yetib bölmas bazasiga aylangan qadimiy qal’a oldida fotosuratlarga tuşişdi.
Bir neça kun ötib Halab ortidan yana bir yirik şahar bölmiş Hama mudofaasi ham quladi.
Suriya armiyasi avvaliga Hama isyonçilar qöliga ötgani haqidagi xabarlarni asossiz deb atadi. Harbiylar şaharning şimoliy çekkalaridagi mustahkam mudofaa çiziqlarini uşlab turgani aytildi. Ammo köp ötmay armiya rahbariyati şahar qöldan ketganini tan oldi.
Şundan keyin isyonçilar Homs tomon yurişni davom ettirdi — bu Damaşqni Örta yer dengizi böyida, asosan alaviylar yaşovçi hududlar bilan boğlovçi strategik muhim şahar edi. Bu diniy ozçilik doimo Asad rejimi tayançi bölib kelgan.
Şu bilan bir vaqtda mamlakat şarqidagi kurd kuçlari mintaqadagi eng yirik şahar bölmiş Dayr-Az-Zorga kirganini e’lon qildi. Uşbu şahardagi hukumat qöşini mamlakat markaziga harakatlaniş uçun şaharni taşlab çiqqan. Şuningdek, kurdlar Iroq bilan çegaradagi nazorat-ötiş punktlarini ham egallagan.
Bundan taşqari, SOHR mamlakat janubidagi Dar’a şahrida isyonçi guruhlar hukumat qöşinlariga qarşi «şiddatli janglar»dan keyin qator harbiy obektlarni qölga kiritgani haqida ma’lum qilldi.
Dar’a şahri ham strategik, ham ramziy ahamiyatga ega edi. U şu nomdagi viloyat markazi bölib, Iordaniya bilan çegaradagi muhim ötiş yöllari yaqinida joylaşgan. 2011 yilda aynan şu yerda demokratik özgarişlar tarafdori bölgan kuçlarning namoyişlari boşlanib, bu yakunda şu vaqtga qadar bir yarim milliondan ortiq kişining yostiğini quritgan fuqarolik uruşi boşlanişiga olib kelgandi.
«Hay’at Tahrir aş-Şom» qanday guruh?
«Hay’at Tahrir aş-Şom» — Suriyada «An-Nusr» fronti bazasida taşkil etilgan muxolifat guruhi. 2014 yilda «An-Nusra» özini xalifalik deb e’lon qilgan IŞID bilan aloqalarini uzgan va «Al-Qoida»ning hududdagi bölimi sifatida faoliyatini davom ettirgan.
2017 yilda, Suriya armiyasidan uçralgan davomli mağlubiyatlardan keyin nomini «Hay’at Tahrir aş-Şom»ga özgartirgan va terrorçilik taşkiloti tamğasidan qutuliş uçun «Al-Qoida» bilan ham rasman aloqasini uzgan. Ammo AQŞ, Rossiya va boşqa mamlakatlar uni hamon «Al-Qoida»ga aloqador deb hisoblaydi. Uning rahbari Abu Muhammad al-Julaniy ham eng xavfli terrorçilar röyxatidan çiqarilmagan.
Rossiyaning Suriya hududidagi bazalariga nima böladi?
Ilya Abişev, BBC harbiy şarhlovçisi
Rossiyaning Suriyadagi bölinmalari nafaqat Tartusdagi harbiy-dengiz bazasida va Hmeymimdagi aviabazada, balki köplab boşqa joylarda bor — mamlakat şimoli va şimoli-şarqidagi kurdlar nazorati ostidagi hududlarda, Dayr-az-Zorda, Palmirada, Damaşq janubida. Ular strategik obektlarga xizmat körsatadi va nisbatan kam sonli.
Isyonçilar Halabni egallab, Hama, Homs va Damaşq tomon yura boşlagaç, Rossiya qömondonligi Hmeymim va Tartus yönalişidagi harbiy obektlarni qöriqlovçi va ularga xizmat körsatuvçi kontingentni olib çiqişga kirişdi. Ammo vaziyat tezlik bilan rivojlandi va hozirça barça rossiyalik harbiylar olib ketilgani — aniq emas.
Qolaversa, Rossiyaning Hmeymim va Tartusdagi harbiy bazalarini ham endi xavfsiz joylar deb bölmaydi. Şanba kuni isyonçilar Rossiya aerodromidan 30 km masofadagi toğ tizmasiga yetib kelgandi, bu esa ularning artilleriyasi va dronlari öşandayoq aerodromga hujum qiliş imkoniyatiga ega bölganini anglatadi.
Bir neça kun oldin ham isyonçilar kolonnalari böylab zarbalar yöllagan Rossiya aviatsiyasiga nima böladi?
Sun’iy yöldoş tasvirlariga qaraganda, dekabr boşida Rossiya kemalari va katerlari Tartusdagi bazani tark etgan. Ammo xuddi şu vaqtda olingan boşqa kadrlarda Rossiyaning Hmeymimdagi aviabazaga joylaştirilgan samolyotlari hali joyida turganini köriş mumkin.
«Bazani evakuatsiya qiliş amalda imkonsiz, — deya yozdi juma kuni rossiyalik harbiy ekspert va bloger, Fighterbomber kanali muallifi. — Eng yaxşi holatda şaxsiy tarkibning katta qismi va hujjatlarni evakuatsiya qilib, soz holatdagi samolyotlarni minib ketiş mumkin».
Yakşanba kuni esa Fighterbomber aviabazadagi xodimlar texnikalarni olib ketişga tayyorgarlik körayotgani haqida yozdi: «Ixtiyorimizda faqat bitta aerodrom qolgan ekan, taxmin qiliş mumkinki, texnikalar Rossiyaga olib ketiladi. Yoki Afrikaga ham bölişi mumkin».
Bloger ayni vaqtda Rossiyaning Tartus va Hmeymimdagi bazalarida vahima yöqligini qayd etgan. Uning fikriça, bu Rossiya va Turkiya örtasida kelişuv mavjudligini anglatadi.
Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdöğan 3 dekabr kungi telefon muloqotida Suriyadagi vaziyatni muhokama qilgandi.
Hozirda yuzaga kelgan vaziyatda köp narsa Turkiyaning pozitsiyasiga boğliq. Va katta ehtimol bilan, Anqara Rossiya qöşini Suriyani tösqinlikka uçramay tark etişidan manfaatdor.













