Başar Asad «prezidentlik lavozimini taşlab, Suriyani tark etişga» qaror qildi. Bu haqda Rossiya Taşqi işlar vazirligi bayonotida söz boradi.

«Başar Asad Suriya hududidagi qurolli mojaroning bir qator iştirokçilari bilan ötkazilgan muzokaralar natijasida prezidentlik lavozimini taşlab, mamlakatni tark etişga qaror qildi va hokimiyatni tinç yöl bilan topşiriş böyiça körsatma berdi. Rossiya uşbu muzokaralarda iştirok etmadi», — deyiladi TIV xabarida.

Qayd etilişiça, Moskva «tomonlarning barçasiga murojaat qilib», zöravonlikka çek qöyiş va barça masalalarni siyosiy yöl bilan hal etişga çaqirgan. Bayonotda ta’kidlanişiça, Rossiya «Suriyadagi muxolifat guruhlarining barçasi bilan aloqada bölib turibdi».

TIV, şuningdek, Suriyadagi Rossiya fuqarolari xavfsizligi uçun «kerakli barça çoralar» körilayotganini ma’lum qildi.

«Suriya hududidagi Rossiya harbiy bazalari yuqori jangovar şay holatga keltirilgan. Ayni vaqtda ularning xavfsizligi jiddiy tahdid yöq», — deya qöşimça qiladi Taşqi işlar vazirligi.

Avvalroq Suriya prezidenti Başar Asad aviahalokat qurboniga aylangan bölişi mumkinligi ma’lum qilingandi. Agentlik Flightradar24 servisi ma’lumotlariga asoslanib, Damaşq isyonçilar qöliga ötişidan biroz oldinroq Syrian Air aviakompaniyasining Il-76 rusumli samolyoti mahalliy vaqt bilan 8 dekabrga ötar keçasi soat 4:55 da Suriya poytaxti aeroportidan uçib ketganini yozgan. Samolyot bortida kim bölgani oxirigaça aniq emas. Bu prezident Başar Asad bölgani taxmin qilinmoqda.

Samolyot avvaliga şarqqa, Iroq bilan çegara tomon uçgan, keyin esa birdaniga şimoli-ğarbga burilib, mamlakatning Asadga moyil bölgan alaviylar nazorati ostidagi Rossiya harbiy bazalari joylaşgan hududlari tomon uça boşlagan, şundan keyin Homs yaqinida radarlardan yöqolib qolgan. Bu şaharni şu kunlarda isyonçilar öz nazoratiga olgandi.