Avstraliya politsiyasi Melburndagi Adass-Isroil sinagogasiga öt qöyişni terrorçilik akti sifatida baholamoqda, dedi Viktoriya politsiyasi komissari Şeyn Patton 9 dekabr, duşanba kuni. Avstraliya terrorizmga qarşi kuraş byurosi iş böyiça keyingi tergovga qöşiladi.
6 dekabr kuni erta tongda Avstraliyaning eng yirik sinagogalaridan biri — Adass-Isroilda yonğin çiqdi. Guvohlarning huquq-tartibot idoralari vakillariga aytişiça, ular bir neça niqobli öt qöyuvçilar binoning devorlari va eşiklariga tez yonuvçi suyuqlik sepayotganini körgan. Yonğin oqibatida bir kişi tan jarohati oldi, sinagoga binosiga jiddiy zarar yetdi.
Voqea ortidan Melburn politsiyasi şaharning yahudiylar yaşaydigan hududlarida patrul xizmatini kuçaytirdi. Ayni damda öt qöyişda gumon qilingan uç şaxsni aniqlaş böyiça iş olib borilmoqda, dedi komissar Patton.
Isroilning sinagogaga öt qöyilişiga reaksiyasi
Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu sinagogaga öt qöyilişiga keskin munosabat bildirdi va bu hodisani Avstraliya hukumati siyosatining «anti-Isroil kayfiyati» bilan boğladi, uşbu davlat boşqa narsalar qatori BMTning Falastinni tan oliş haqidagi rezolyutsiyasini qöllab-quvvatladi.
Ötgan yilning oktyabr oyida Isroil va Hamas harakati örtasida uruş boşlanganidan beri Avstraliyada antisemitizm va islomofobiya kayfiyatidagi hodisalar köpaygan. Ayrim yahudiy taşkilotlari hukumat bu holatlarga yetarliça faol javob bermayotganini aytgan.








