Jyeyms Dauen Özbekistonda quriliş va me’morçilik sohalarida amalga oşirilayotgan islohotlarni e’tirof etdi. Şuningdek, DFA kompaniyasi respublikadagi manfaatdor idora va korxonalar bilan hamkorliklarni yölga qöyişga tayyorligini bildirdi.

Muzokara davomida Yangi Toşkent şahrida barpo etilişi rejalaştirilayotgan obektlarning arxitektura-quriliş loyihalarini DFA kompaniyasi mutaxassislari iştirokida işlab çiqiş masalalari muhokama qilindi.

Uçraşuv yakunida DFA kompaniyasi va Özbekistonning manfaatdor idora hamda taşkilotlari örtasida aloqalarni örnatiş töğrisida kelişib olindi.

DFA kompaniyasi yirik, murakkab va zamonaviy arxitektura loyihalari böyiça öz xizmatlarini taqdim etadi. Muassasa Londonda ta’sis etilgan. Hozirgi kunga qadar kompaniya tomonidan jahonning köplab mamlakatlarida yirik loyihalar muvaffaqiyatli amalga oşirilgan.