Sturgeon Foundation Britaniyaning Sturgeon Capital kompaniyasi tomonidan yoşlarni ta’lim olişida kömak körsatiş maqsadida Londonda ta’sis etilgan. Fond Toşkentdagi Vestminster xalqaro universiteti va Inha universiteti bilan hamkorlik qiladi.
Sturgeon Capital kompaniyasi 2010 yilda taşkil etilgan bölib, Markaziy Osiyo mamlakatlarida aktivlarni boşqariş va startaplarga sarmoya kiritişga ixtisoslaşgan. Bugungi kunda Sturgeon Capital Özbekistondagi startap loyihalarga investitsiya kiritgan. Xorijiy tomon xususiy kompaniyalar vakillari va istiqbolli startaplar bilan yangi biznes loyihalarini aniqlaş va ularning ustav kapitaliga investitsiya kiritiş masalasini örganişni rejalaştirmoqda.
Oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar, jumladan, ikki tomonlama diplom beriş dasturlari, öqituvçilar va talabalar almaşinuvi yönalişlarida hamkorlikni rivojlantiriş masalalari böyiça fikr almaşildi.
Kerol Grem Özbekistonda ta’lim sohasida amalga oşirilayotgan keng-kölamli islohotlarni va yoşlarning sifatli ta’lim olişi uçun yaratib berilayotgan şaroitlarni yuqori baholadi. "Biz Özbekistonda Britaniya ta’lim standartlarini joriy etişdan manfaatdormiz. Şuningdek, respublika oliy ta’lim muassasalari bilan turli yönalişlarda uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirişga ham tayyor miz", - dedi u.
Britaniya vakilining aytişiça, fond 2022 yildan buyon Toşkent xalqaro Vestminster universiteti va Inha universitetining 15 nafar bakalavr bosqiçi talabalarining şartnoma tölovlarini qoplab bergan.
Muloqot davomida fondning stipendiya dasturlarida iştirok etiş mezonlari va muddatlari töğrisida ham ma’lumot taqdim etildi.












