Tayvan armiyasi bölinmalari Xitoyning orol yaqinidagi faolligi tufayli jangovar şay holatga keltirildi.

«Barça harbiy bölinmalarga Xitoy xalq ozodlik armiyasining faolligini kuzatiş va jangovar şay böliş buyurildi», — deyiladi Tayvan mudofaa idorasining xabarida.

8 dekabr kuni keçqurun Xitoy Tayvan yaqinidagi kemalari sonini deyarli ikki barobarga oşirdi, 9 dekabr kuni esa Tayvan böğozi bilan çegaradoş Futszyan va Çjetszyan provinsiyalaridan şarqda joylaşgan yettita havo hududida harakatlanişni çekladi.

Bundan taşqari, orolda jangovar şaylikni ta’minlaş böyiça öquvlar boşlangan. Xitoy hozirça Tayvan tomonidan körilayotgan çoralarga izoh bermadi.

Eslatib ötamiz, oktyabr oyida Xitoy Tayvan yaqinida harbiy öquvlar ötkazgan edi. Dekabr boşlarida esa XXR harbiy sanoatga boğliq 13 Amerika kompaniyasi, şuningdek, olti nafar top-menejerga qarşi sanksiyalar joriy etildi va Pekin buni Tayvanga qurol sotilayotgani bilan izohladi.

Xitoy Tayvanni özining ajralib çiqqan provinsiyasi sifatida köradi, ammo orol özini alohida davlat deb hisoblaydi va öz hukumati hamda qurolli kuçlariga ega. Orol hukumati 1949 yilda fuqarolar uruşi tugaganidan keyin materik Xitoydan mustaqilligini e’lon qilgan, ammo Tayvanni faqat Palau, Tuvalu va Beliz kabi önga yaqin mamlakat suveren davlat sifatida tan olgan.