Unda Panjob viloyati va Özbekiston hududlari örtasida uşbu sohalarda hamkorlikni mustahkamlaş istiqbollari muhokama qilindi.
Madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantiriş, qöşma tadbirlar, fotokörgazmalar va biyennalelar taşkil etiş, şuningdek, tarixiy yönalişlarni ilgari suriş borasida katta salohiyat mavjudligi ta’kidlandi.
Farid Ahmad Tarar Özbekistonning arxeologik obektlarni saqlaş va restavratsiya qiliş, oçiq osmon ostidagi muzeylarni boşqariş, şuningdek, YuNeSKO himoyasidagi qadimiy obidalarni muhofaza qiliş borasidagi tajribasini örganişga qiziqiş bildirdi.
Tomonlar milliy qadriyatlarni ommalaştirişga qaratilgan loyihalarni birgalikda amalga oşiriş istiqbollari muhokama qildilar.
Uşbu taşabbuslarni hayotga tatbiq etiş maqsadida qöşma işçi guruh tuziş va uning Özbekistonning tarixiy şaharlariga safarini taşkil etiş böyiça kelişib olindi. Samarqand, Buxoro, Xiva, Şahrisabz va Qöqon şaharlari asosiy yönalişlar sifatida belgilandi.












